Asadullayeva Feruza Ortiqovna

Asadullayeva Feruza Ortiqovna
Asadullayeva Feruza Ortiqovna
11 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Asadullayeva Feruza Ortiqovna 30.10.2008-yilda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Mangʻit MFTda tug‘ilgan. U hozirda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Mangʻit MFTda yashaydi. Feruza Shahrisabz Davlat pedagogika institutining Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 1-kursida tahsil oladi hamda turk tilini o‘rganmoqda.

U ona tili fanidan B darajaga, tarix fanidan B darajaga ega. Shuningdek, “Tumaris izdoshlari”da sport bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish va raqs bilan shug‘ullanadi, tikuvchilik bilan ham shug‘ullanadi.

Uning hayotiy shiori: “Dunyo seni qanday ko‘rishi emas, sen o‘zingni qanday yaratishing muhim.” Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar mas’uliyat va qat’iyatdir. Chunki haqiqiy lider nafaqat boshqalarga yo‘l ko‘rsatadi, balki o‘z qarorlari va harakatlari uchun javob bera oladi. U qiyinchiliklardan qo‘rqmay, maqsadi sari intiladi va atrofidagilarga o‘zining yaxshi namunasi bilan motivatsiya beradi.

Feruza kelajakda yurist bo‘lish yoki taniqli o‘qituvchi bo‘lishni rejalashtiradi.

Hoziroq ariza qoldirish