Aslonqulov Alisher Odilovich
Aslonqulov Alisher Odilovich 2008-yil 1-fevralda Samarqand viloyati, Toyloq tumanida tug‘ilgan. Hozirda Samarqand viloyati, Toyloq tumanida yashaydi. U Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi 1-bosqich talabasi bo‘lib, 2026-yilda universitetning 1-bosqichiga qabul qilingan.
U turizm sohasida tahsil oladi hamda bo‘sh vaqtida gidlik vazifasini bajaradi. SAT, IELTS, CEFR va milliy sertifikatga ega ekanini bildirgan. Uning hayotiga amerikalik tadbirkor va bloger Alex Hormozi ta’sir ko‘rsatgan.
U bo‘sh vaqtida turli xil xalqaro jurnallar o‘qiydi, AI, til va turli xil madaniyatlarni o‘rganadi. Uning hayotiy shiori: “AI — mehmondo‘stlikda yangi davr: kelajak turizmini birga yaratamiz!” Uning fikricha, liderlikdagi eng muhim jihat — jamoadoshlarni tushunish va ularga har doim yordam qo‘lini cho‘zishdir.
Uning kelajakdagi eng katta maqsadi UN turizm qo‘mitasida ishlash bo‘lib, buning uchun doim harakat qiladi. Keyinchalik xalqaro tashkilotlarda ishlashni rejalashtiradi. U boshqalar undan vaqtni samarali boshqarishni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi: u doim vaqtini chegaralaydi, keraksiz mashg‘ulotlardan o‘zini tiyadi va bunda Pomodoro usuli unga yordam beradi. U kim bo‘lishidan qat’i nazar, har doim muloqot va netvorkingga tayyorligi bilan ajralib turadi.
“AI — bu chegaralarni buza oladigan til. Turizmda biz undan madaniyatlararo muloqot ko‘priklarini qurish uchun foydalanamiz.”
