Avazjonov Sardorbek

Avazjonov Sardorbek
Avazjonov Sardorbek
7 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Avazjonov Sardorbek 2010-yil 4-dekabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. U Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashaydi va Zukko Xalqaro maktabi o‘quvchisi.

U ta’lim, yoshlar liderligi va xalqaro munosabatlar sohalarida faoliyat yuritadi. Faoliyatini 2020-yilda boks bilan shug‘ullanishdan boshlagan. Keyinchalik MUN va debatlarda qatnasha boshlagan, xalqaro loyihalar bilan ishlashga qiziqishi ortgan. Hozirda yoshlar bilan ishlash, xalqaro loyihalar va turli ta’limiy tashabbuslarda faol qatnashadi.

Sardorbek WISE UP xalqaro yoshlar loyihasi va Vision Team asoschisi. WISE UP orqali yoshlar uchun ta’lim, liderlik, MUN, debat va xalqaro imkoniyatlar yo‘nalishlarida loyihalar hamda tadbirlar tashkil qilgan. Uning WiseUp xalqaro loyihasi 10 dan ortiq davlatga kirib borgan va dunyo tan olgan katta loyihalar hamda dasturlar bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etadi. Vision Team xalqaro loyihalar va yoshlar tashabbuslari bilan ishlaydigan jamoa sifatida faoliyat yuritadi.

U World Literacy Foundation Youth Ambassador, IMUN Campus Ambassador va International Diplomats Ambassador hisoblanadi. Young Planet Leaders (YPL) Changemaker Academy 2026 ishtirokchisi hamda Global Youth Congress 2026’da global miqyosdagi Top 40 Young Leaders ro‘yxatiga kiritilgan. NG IMPACT International Debate’da 1-o‘rinni egallagan. RISE Pre-College dasturining International Relations yo‘nalishida, LaunchX va TELE Leadership Experience’da g‘olib bo‘lgan. Pioneer va Lumiere grantlarini olgan. Global Youth Forum’da Best Delegate mukofotini qo‘lga kiritgan. U 20+ MUN konferensiyasida qatnashgan va 7 marta Best Delegate mukofotini olgan. Shuningdek, Istanbul International MUN, HARVARD CHINA, USA, MUN, Oxford MUN, BEST DIPLOMATS 5x va 10+ xalqaro MUN konferensiyalarida g‘olib bo‘lgani qayd etilgan.

Sardorbek debat bo‘yicha 200+ yoshni tayyorlagan, ulardan 60+ ishtirokchi regional debat chempionatlariga yo‘llanma olgan. WISE UP orqali 500+ volontyorni jalb qilgan hamda O‘zbekistonning 9 ta shahrida volontyorlik tadbirlarini tashkil qilgan. U WISE UP xalqaro ambassador jamoasini shakllantirgan; jamoada 100 ga yaqin ambassador bor. U ColiCast va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotning O‘zbekistondagi hamkori, Zukko Xalqaro Maktabida esa School Leader sifatida faoliyat yuritadi.

U 2020-yildan beri boks bilan shug‘ullanadi va O‘zbekiston hududiy chempionatlarida g‘oliblikka erishgan. Bo‘sh vaqtida MUN va boshqa xalqaro konferensiyalarda qatnashadi, turli mavzularda tadqiqot olib boradi, yangi loyihalar haqida o‘ylaydi hamda yangi narsalarni o‘rganadi. Yangi odamlar bilan tanishish va turli davlatlardan bo‘lgan yoshlar bilan fikr almashishni yaxshi ko‘radi.

Uning hayotiga xalqaro dasturlarga bo‘lgan qiziqishi katta ta’sir qilgan. Yoshligida ariza topshirish, tajriba yig‘ish va o‘zini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beradigan inson hamda yoshlar uchun o‘zini sinab ko‘rishga imkon yaratadigan loyihalar yetarli emasligini his qilgan. Shu sababli faqat imkoniyat izlash bilan cheklanmasdan, imkoniyatni o‘zi yaratishga qaror qilgan va WISE UP xalqaro yoshlar loyihasiga asos solgan. Hozir loyiha orqali boshqa yoshlar qiyinchiliklarni kamroq boshdan kechirishi va o‘z imkoniyatlarini topishi uchun yordam berishga harakat qiladi.

Uning hayotiy shiori: “Kichik harakat ham katta o‘zgarishning boshlanishi!” Sardorbek kelajakda WISE UP’ni imkon qadar ko‘proq davlatga olib kirish, yoshlar uchun xalqaro imkoniyatlar yaratish, top universitetlardan birida Xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil olish, O‘zbekiston rivojiga hissa qo‘shish va mamlakatida ijobiy o‘zgarishlar qilishni maqsad qilgan.

Hoziroq ariza qoldirish