Ахмадова Сарвара Юсуф Кизи
Ahmadova Sarvara Yusuf qizi 2006-yil 17-martda tug‘ilgan. U Toshkent shahri Yunusobod tumani Sobirobod mahallasida yashaydi.
U 1–4-sinflarda umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan. 5–10-sinflarda ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘qigan. 10–11-sinflarda Ichki ishlar akademik litseyida tahsil olgan. Shuningdek, 5–10-sinflarda Bolalar san’at va musiqa maktabining “Tasviriy va amaliy san’at” yo‘nalishida o‘qigan. Hozirgi kunda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Tergov faoliyati fakultetining 3-kurs hamda bitiruvchi kurs talabasi.
U faoliyatini 2022-yilda Ichki ishlar akademik litseyiga o‘qishga qabul qilingandan boshlab boshlagan. Shu yilning o‘zida ingliz tilidan B2 sertifikatini qo‘lga kiritgan. 2026-yilda “Yuksak e’tirof” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Sarvara Ahmadova “Model Legal Debate” musobaqasining “Best Speaker” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan. U tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishida tuman va viloyat bosqichlari g‘olibi, nemis tili bo‘yicha tuman va viloyat olimpiadalari g‘olibi, rus tili bo‘yicha tuman va viloyat olimpiadalari g‘olibi, ingliz tili bo‘yicha tuman va viloyat olimpiadalari g‘olibi hamda ona tili va adabiyot bo‘yicha tuman olimpiadasi g‘olibidir.
Uning hayotida ota-onasining 15 yil avval ajrashgani, katta farzand sifatida barcha mas’uliyatni zimmasiga olgani, o‘z kuchi bilan muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklari hamda odamlarning uni yetim deb kamsitishlari katta ta’sir ko‘rsatgan va uni harakatga undagan.
U bo‘sh vaqtida til o‘rganish, kitob o‘qish va sport bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar — o‘ziga bo‘lgan ishonch, harakat va intizom. Kelajakda yetuk yurist-tergovchi bo‘lish, kasbi va ilmiy bilimlaridan to‘g‘ri yo‘lda foydalanish uning asosiy maqsadlaridandir.
Uning fikricha, boshqalar undan qiyinchiliklarga sabr qilishni, maqsad yo‘lida harakat qilishni, kuchli mas’uliyatni va oila qadrini o‘rganishlari mumkin. U 10 yildan beri ota-ona mehri va uyidan uzoqda ilm olishga, yurt ravnaqiga naf keltiradigan munosib inson bo‘lishga intilganini bildiradi. Uning ichki intuitsiyasi juda kuchli bo‘lib, buni kasbi yuzasidan eng kerakli bo‘g‘im deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, boshqalar unda barchani boshqara oladigan rahbar ayollik aurasini sezishadi.
“Inson hayotida yagona raqobatdoshi — uning o‘zi!”
