Axmadqulova Sevinch Asrorvna

Axmadqulova Sevinch Asrorvna
Axmadqulova Sevinch Asrorvna
23 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ahmadqulova Sevinch Asror qizi 04.11.2007-yilda Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashaydi. U maktabni tamomlagan va UZJOKUning 1-kurs jurnalistika talabasi. Jurnalistika hamda sportga qiziqadi.

U faoliyatini maktab davridan boshlagan: maktab tadbirlarida boshlovchilik qilgan, sahna ko‘rinishlarida qatnashgan va sport bilan faol shug‘ullangan. Jurnalistikaga qiziqib, maqolalar yozishga harakat qilgan. U turk tili sertifikati sohibasi, ingliz tilidagi maqola muallifi hamda mobilografiya ishqibozidir. Shuningdek, sport bo‘yicha bir qator yutuqlarga erishgan.

Bo‘sh vaqtida voleybol bilan shug‘ullanadi, kitob o‘qiydi, til o‘rganadi va uy ishlari bilan band bo‘ladi. U qiyinchiliklarga qaramay o‘z maqsadi sari intiladigan insonlardan ilhomlanadi. Ularning hayoti unga har qanday vaziyatda ham o‘z ustida ishlash, imkoniyatlardan foydalanish va hech qachon taslim bo‘lmaslikni o‘rgatgan. Uning shiori: «Eng katta raqobating — kechagi o‘zing.»

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. U qat’iyat, halollik va boshqalarni tinglay bilishni ham lider uchun muhim fazilatlar deb hisoblaydi. Sportga bo‘lgan qiziqishi uni jurnalistika sari yetaklagan. Hozir u jurnalistika sohasida bilimlarini rivojlantirish, turk va ingliz tillarini yanada mukammal o‘rganish, mobilografiya va media sohasidagi ko‘nikmalarini oshirishga intilmoqda. Kelajakda sport va jurnalistikani birlashtirib, o‘ziga xos ijodiy yo‘nalish yaratishni maqsad qilgan. Kelajakdagi rejalari va orzu-maqsadlari haqida esa: «Sir bo‘lib qolsin.»

Hoziroq ariza qoldirish