Axmedova Muxlisaxon Anasboy Qizi

Axmedova Muxlisaxon Anasboy Qizi
Axmedova Muxlisaxon Anasboy Qizi
21 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Axmedova Muxlisaxon Anasboy qizi 2008-yil 25-aprelda Toshkent shahri Olmazor tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahrida yashaydi. Ta’lim darajasi tugallanmagan oliy deb ko‘rsatilgan, shuningdek, 226-maktab qayd etilgan. U PR va menejment fakultetining Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida tahsil oladi.

U faoliyatini universitetga kirganidan so‘ng Shohrux Kamolovning tavsiyalari orqali boshlagan. U ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikatlarga, shuningdek, turli tanlovlardagi sertifikatlarga ega.

Muxlisaxonning hayotiga, avvalo, ota-onasi va ustozlari ta’sir ko‘rsatgan. Uning hayotiy shiori: “Har kuni yangi qadamlar tashlashdan qo‘rqma!” Bo‘sh vaqtida u turli qiziqarli ishlar bilan shug‘ullanishni, har xil yo‘nalishda izlanishlar olib borishni hamda turli qiziqarli puzzlelar yasashni yoqtiradi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun hamma bilan tez chiqishib keta olish va har xil muhitga moslasha olish muhim. Shuningdek, boshqalar undan, avvalo, jamoatchilik bilan to‘g‘ri muomala qilishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Chunki ko‘pchilik orasidagi muhitda insonning muloqot ko‘nikmasi oshib boradi. Uning kelajakdagi maqsadi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yetuk kadr bo‘lishdir.

“Har kuni o‘z ustingizda ishlang va yangi bilimlarni o‘rganing. Qiyinchiliklardan qo‘rqmang, chunki har bir xato sizni kuchliroq qiladi!”

Hoziroq ariza qoldirish