Axmedova Zarnigor
Axmedova Zarnigor Asrorovna 17.08.2006-yilda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashaydi. U O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bakalavriatining Kutubxona-axborot fakulteti 2-kurs talabasi.
Zarnigor faoliyatini o‘qishga qabul qilingan vaqtdan boshlagan. U Mutolaa ilovasidan bir qator sertifikat va mukofotlarga ega. Shuningdek, institut talabalari orasidan “Ijodkor talaba” tashakkurnomasiga sazovor bo‘lgan.
Uning hayotidagi eng katta o‘rnak bo‘ladigan shaxs — otasi. Otasi unga doim harakatdan to‘xtab qolmaslikni o‘rgatgan. Zarnigor avtohalokatga uchraganida ham eng katta motivatsiyani otasidan olgan.
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, o‘qishdan tashqari operatorlikda ishlaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — ishonch. Bunga ota-ona ishonchi va do‘stlar ko‘magi misol bo‘la oladi.
Kelajakda turk tilini o‘rganib, magistraturada tahsilini davom ettirishni rejalashtirgan. Hozirda kompyuter savodxonligini o‘rganmoqda. U maqtanishni yomon ko‘radi va boshqalar undan sabr hamda qanoatni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Uning fikricha, hech narsa birdaniga o‘zgarib yoki yaralib qolmaydi, hamma narsaga vaqt kerak va vaqt sabrni talab qiladi.
U ko‘p holatlarda noqulay vaziyatga tushib qoladigan odati borligini aytadi: avval ish qilib, keyin oqibatini o‘ylaydi.
“Niyati buyuklarga buyuk sinov berajak... Bugun qiynalganlarga oson kelar kelajak.”
