Aytbayeva Aliya Temir Qizi
Aytbayeva Aliya Temir qizi Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Gulobod MFY, Parvoz ko‘chasi, 89-uyda yashaydi. U O‘zJOKUning koreys filologiyasi yo‘nalishi 1-kurs talabasi. Koreys filologiyasida tahsil olishiga qaramay, aniq fanlarga juda qiziqadi va ularni ham o‘rganishda davom etadi.
Aliya ona tili va adabiyot, matematika hamda ingliz tili fanlaridan milliy sertifikat olgan. U “Zakovat”ning tuman bosqichida 3-o‘rinni egallagan, maktabni a’lo baholarga tamomlab, kumush medal bilan taqdirlangan. Shuningdek, shashka bo‘yicha tuman bosqichida 1-o‘rinni olgan. Matematika fanidan natijasi past chiqqani unga hayotda yanada ko‘proq harakat qilish kerakligini anglatgan.
U bo‘sh vaqtida kitob o‘qishni, detektiv va hayotiy kinolarni tomosha qilishni yaxshi ko‘radi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun muammoga har tomonlama qaray olish, to‘g‘ri qaror qabul qilish va eng muhimi, mas’uliyatli bo‘lish zarur. U insonni hurmat qilishni, his-tuyg‘ularga ortiqcha berilmasdan aql bilan qaror qabul qilishni, mehribonlik va mas’uliyatni muhim deb biladi.
Aliya universitetda davlat stipendiyalarini olishni, yangi matematika klubini ochishni va yangi startap yaratishni rejalashtiradi. U insonlarga foydasi tegadigan shaxs bo‘lishni maqsad qilgan. Kelajakda magistraturada xalqaro munosabatlar yo‘nalishida o‘qib, diplomat bo‘lishni orzu qiladi. Uning hayotiy shiori: “Orqaga qaramang hamda to‘xtab qolmang. Hozir qo‘lingizdan nima kelsa, shuning hammasini qiling, toki kelajakda afsuslanmang.”
