Azimboyev Amirxon Dilshodbek O'g'li

Azimboyev Amirxon Dilshodbek O'g'li
Azimboyev Amirxon Dilshodbek O'g'li
26 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Azimboyev Amirxon Dilshodbek o‘g‘li 20.07.2008-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashaydi. U TDIU universitetining Buxgalteriya hisobi fakultetida tahsil oladi. Avval ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil olgan hamda universitetdagi ta’limini shu yildan boshlagan.

Amirxon buxgalteriya hisobi sohasini tanlagan. U matematika fanidan sertifikatga ega, ingliz tilini B2 darajasida biladi. U otasidan motivatsiya oladi va ularga o‘xshashga harakat qiladi.

Uning hayotiy shiori: “Har bir kun — yangi imkoniyat. Kechagi xatolardan saboq olib, bugun yaxshiroq bo‘l.” Bo‘sh vaqtida ko‘proq sport bilan shug‘ullanadi va doimiy ravishda futbol o‘ynaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z bo‘yniga ola bilish va undan qochmaslikdir. U boshqalar undan sabrlilik va saxiylikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

Amirxonning kelajakdagi maqsadi o‘z biznesini ochish, ya’ni biznesmen bo‘lishdir. Uning boshqa yoshlar uchun maslahati: “Har bir kun — yangi imkoniyat demakdir. Kechagi xatolardan saboq olib, bugun yaxshiroq bo‘l.”

Hoziroq ariza qoldirish