Ensiklopediya1 daqiqa

Azimova Nurxayot Anvar Qizi

1-bosqich talabasi · Turk tili yo‘nalishi · B2 sertifikat sohibasi · Kitobxon · SMMga qiziquvchi

Azimova Nurxayot Anvar qizi 2007-yil 17-aprelda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan va hozirda shu tumanda yashaydi. U O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 1-bosqich talabasi bo‘lib, filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili yo‘nalishida tahsil oladi. Ta’lim faoliyatini anchadan beri davom ettirib keladi.

Nurxayot ingliz tilidan B2 sertifikatiga hamda bir qancha milliy sertifikatlarga ega. Ustozlaridan biri unga ilhom berib, xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqish uyg‘otgan. Bo‘sh vaqtida xorijiy tillarni o‘rganadi va kitoblar o‘qiydi.

Uning hayotiy shiori: «Har bir qadam — buyuk kelajak sari.» Nurxayotning fikricha, lider bo‘lish uchun hech qachon taslim bo‘lmaslik va faqat oldinga qarab harakat qilish muhim. Kelajakda u o‘z ustida ko‘proq ishlash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda zamonaviy kasblardan SMM sohasini chuqur o‘rganishni rejalashtiradi. U o‘z bilimlarini o‘rgatadi, boshqalar undan ingliz va turk tillarini o‘rganishlari mumkin. Kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi hamda juda ko‘p sohalarda o‘zini sinab ko‘rishni istaydi.

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Azimova Nurxayot Anvar Qizi

1-bosqich talabasi · Turk tili yo‘nalishi · B2 sertifikat sohibasi · Kitobxon · SMMga qiziquvchi

Hoziroq ariza qoldirish