Azizova Gulmira Alisher qizi

Azizova Gulmira Alisher qizi
Azizova Gulmira Alisher qizi
12 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Azizova Gulmira Alisher qizi 2009-yil 26-aprelda tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashaydi. Gulmira Qarshi davlat universitetining bakalavr talabasi bo‘lib, Xorijiy tillar va adabiyot: ingliz tili yo‘nalishida tahsil olmoqda. U 2026-yilda 1-kursga qabul qilingan.

U ingliz tili, ona tili va adabiyoti, matematika hamda tarix fanlaridan milliy sertifikat sohibi bo‘lib, shu asosida o‘qishga davlat granti asosida qabul qilingan. 2025-yilda “O‘zbek tilim iftixorim” tanlovida qatnashib, sertifikat olgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 33 yilligi hamda 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgani uchun faxriy yorliq bilan rag‘batlantirilgan.

Uning ta’lim olishida ota-onasi bevosita turtki bo‘lgan. Gulmira ota-onasining ishonchini shu vaqtgacha oqlab kelayotganidan behisob shukr qiladi. Bo‘sh vaqtlarida voleybol to‘garaklariga qatnashadi va kitob mutolaa qiladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun o‘ziga kuchli ishonch hamda hammaga yordam bera olish muhimdir.

Gulmira kelajakda IELTS 8.0 natijasini olish, o‘z ustida ishlab rivojlanish va bundan-da yuqori marralarni zabt etishni niyat qilgan. U hozirda ushbu maqsadlari uchun harakat qilmoqda. Bo‘lajak kasbi o‘qituvchilik bo‘lgani uchun o‘ziga o‘xshagan yoshlar va talabalarga ilm bera olishini bildiradi hamda har doim ishonchni so‘ndirmaslik kerakligini ta’kidlaydi.

U 6 yoshida maktabga chiqqan. Hozirda 17 yoshida Qarshi davlat universitetining Xorijiy tillar va adabiyot: ingliz tili yo‘nalishida davlat granti asosida, qabul kvotasi doirasida qabul qilinib, 1-kurs talabasi sifatida tahsil olmoqda. Unda hech qanday imtiyoz bo‘lmagan, biroq mehnatlari samara berganini bildiradi.

Uning hayotiy shiori: “Daraxt ham avval qorong‘u tuproqda ildiz otadi, keyin osmon sari bo‘y cho‘zadi. Sen ham bugun hech kim ko‘rmayotgan mehnating bilan ertangi muvaffaqiyatingni yaratyapsan. Odamlarning fikri shamol — maqsading esa tog‘dek mustahkam bo‘lsin.”

Hoziroq ariza qoldirish