Bafoyev Mirzabek
Bafoyev Mirzabek Mirvohid o‘g‘li 2005-yil 26-iyunda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Hozirda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashaydi.
U 2023-yilda Shofirkon tumanidagi 15-maktabni bitirgan. 2024-yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Fundamental tibbiyot yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan. Hozirda bakalavr darajasida, Fundamental tibbiyot yo‘nalishining 3-bosqich talabasi. U shifokorlik faoliyatini olib boradi.
U ilmiy faol yoshlar va talabalar o‘rtasida ijtimoiy faoliyatni rag‘batlantirish sohasidagi ISTAK AKADEMIYASI rahbari (@ISTAK_AKADEMIYA). “Yoshlar Minbari” kitobi mualliflaridan biri. Jadidlar Xalqaro ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasi tomonidan 2026-yilda o‘tkazilgan “Jadidlar Faxri-2026” tanlovi g‘olibi hamda mazkur assotsiatsiyaning faol koordinatori. Argentinaning xalqaro “Juntos For Laters” jurnali faol a’zosi.
U “Umid Niholi” va “Millat Umidi” ko‘krak nishonlari hamda statuetkalari sohibi. 40 dan ortiq xalqaro va milliy konferensiyalar qatnashchisi, 50 dan ortiq maqolalar muallifi. Shuningdek, Xalq demokratik partiyasi a’zosi va faol qatnashchisi.
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, sport bilan shug‘ullanadi va IT sohasidagi faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Uning fikricha, lider uchun qat’iyat, intizom va talabchanlik muhim: qat’iyat — boshlangan ishni har qanday qiyinchilikdan qat’i nazar oxirigacha to‘liq bajarish, intizom — hayot, ish, o‘qish va karyerada tartib hamda vaqtni qadrlash, talabchanlik esa har bir ishga e’tibor bilan yondashishdir.
U xalqaro darajada o‘zbekistonlik top lider bo‘lishni, xalqaro maydonlardagi tadbirlarda O‘zbekiston nomidan qatnashishni va nomdor stipendiyalar sohibi bo‘lishni maqsad qilgan. Uning eng muhim maqsadi — ota-onasi faxrlanadigan farzand bo‘lish. Hayotiy shiori: “Hech qachon ortga yo‘l yo‘q. Harakat qilganga Alloh albatta beradi.”
“Har qanday vaziyatda ham o‘zingga ishon va Allohga tavakkal qil! Hech kim seni o‘zingdek to‘liq anglolmaydi, o‘zligingni yo‘qotma!”
