Bakberganova Rayhona O'ktamboy Qizi
Bakberganova Rayhona O‘ktamboy qizi 2008-yil 12-iyunda Xorazm viloyati, Xonqa tumanida tug‘ilgan. Hozirda Xorazm viloyati, Xonqa tumanida yashaydi. U Osiyo Xalqaro Universitetining 1-kurs talabasi, ona tili va adabiyot fanidan sertifikat sohibasi hamda kitobxon.
Rayhona faoliyatini 8-sinfdan “Yosh kitobxon” tanlovida qatnashishdan boshlagan. U mazkur tanlovda 1-o‘rin sohibasi bo‘lgan, olimpiadalarda faxrli o‘rinlarni egallagan. Shuningdek, maqola yozadi va zakovat tanlovlarida qatnashib keladi. U o‘zini filolog sifatida qayd etgan.
Uning hayotida Djumaniyozova Gulnoza ustozining o‘rni katta bo‘lib, undan eng katta ilm olganini ta’kidlaydi. Rayhona lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat mas’uliyat deb hisoblaydi. Uning hayotiy shiori: “Yurt kelajagi — orzu qiladigan emas, harakat qiladigan yoshlar qo‘lida.”
Kelajakda u o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib, jamiyatga foyda keltiradigan inson bo‘lishni maqsad qilgan. Shu bilan birga, liderlik qobiliyatlarini rivojlantirib, atrofidagi insonlarni ilhomlantira oladigan lider bo‘lishni istaydi. U boshqalarga mas’uliyatli bo‘lish, doimo o‘z ustida ishlash va qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik borasida o‘rnak bo‘lishni xohlaydi. Har qanday vaziyatda halollik va insoniylikni yo‘qotmaslikni muhim deb biladi. Yangi bilimlarni tez o‘zlashtirishni, turli mavzularda fikr almashishni hamda odamlarga o‘z maqsadlariga erishishda yordam berishni yaxshi ko‘radi.
“Orzu qilishdan qo‘rqmang, katta maqsadlar sari dadil qadam tashlang. Sizning harakatingiz — kelajagingizning poydevori.”
