Baqoyeva Mohlaroyim Botir qizi

Baqoyeva Mohlaroyim Botir qizi
Baqoyeva Mohlaroyim Botir qizi
10 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Baqoyeva Mohlaroyim Botir qizi 2006-yil 19-oktabr kuni Buxoro viloyati, Jondor tumani, Namgoni MFY, Yobu qishlog‘ida tug‘ilgan. U hozirda Buxoro viloyati, Jondor tumani, Namgoni MFY, Yobu qishlog‘ida istiqomat qiladi.

U 2013-yilda Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan va 2024-yilda aynan shu maktabning 11-sinfini tamomlagan. U 8-sinfda «Iste’dodli yosh jurnalistlar maktabi»da tahsil olgan. Ayni paytda Osiyo xalqaro universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi bo‘lib, o‘qituvchilik sohasida tahsil olmoqda.

Mohlaroyim maktab paytida ustozlariga havas qilgani va jurnalistlar faoliyatini ko‘p kuzatgani sababli ushbu sohaga kirib kelgan. U «Iste’dodli yosh jurnalistlar maktabi»ni tamomlagani haqida sertifikat olgan. Maktabda «Zulfiya» va «Yosh kitobxon» tanlovlaridagi ishtiroki uchun esdalik sovg‘alari hamda sertifikatlar bilan taqdirlangan. «Mey bee» ilovasi tomonidan o‘tkazilgan maqolalar tanlovida statuetka, «Millar umidi» ko‘krak nishoni va sertifikat bilan taqdirlangan. U ona tili va adabiyot fanidan B darajali Milliy sertifikat sohibasi. Universitet tanlovlaridagi faol ishtiroki uchun sertifikatlarga ega hamda bir necha marotaba rektor stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Universitetda bo‘lib o‘tgan «Eng yaxshi guruh sardori» tanlovida faxrli 3-o‘rinni, mahallalararo osh saylida esa 1-o‘rinni egallagan. Mustaqillik bayrami munosabati bilan tashkillashtirilgan sayllarda mahalla yoshlariga o‘rnak bo‘la oladigan yosh sifatida Jondor tuman hokimligi tomonidan taqdirlangan.

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, she’r yozadi va yod oladi, sport mashg‘ulotlariga borib turadi. Shuningdek, pazandalik va tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Uning shiori: «Sekin bo‘lsa ham, har kuni o‘z orzularim tomon bir qadam». Hayotiy prinsipi: «O‘zimni hech kim bilan solishtirmayman. Kechagi o‘zimdan yaxshiroq bo‘lishga, qiyinchiliklarda sinmay, o‘z qadrimni yo‘qotmay yashashga harakat qilaman».

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar muloqot va muomala madaniyatidir. U sokinlik, bir-birini tinglash, insonlar bilan samimiy munosabatda bo‘lish va hammani bir jamoa yoki safda birlashtirishni muhim deb biladi. Kelajakda xalqiga va yurtiga naf keltiradigan kadr bo‘lib yetishishni, o‘z sohasidan kelib chiqib raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni maqsad qilgan.

Uning qiziq tomoni shundaki, kimningdir dardini eshitsa yoki ko‘rsa, o‘zini to‘xtata olmaydi, ko‘z yoshlari shu zahoti daryoga aylanadi. Oddiy bir klip, film yoki saundtrek ham uning ko‘z yoshlari to‘kilishiga sabab bo‘la oladi.

Hoziroq ariza qoldirish