Barchin Nurmamatova Sherali Qizi

Barchin Nurmamatova Sherali Qizi
Barchin Nurmamatova Sherali Qizi
28 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Barchin Nurmamatova Sherali qizi 2007-yil 7-iyunda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tug‘ilgan. U Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashaydi.

U Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetining pediatriya yo‘nalishida bakalavr bosqichida tahsil oladi. Barchin 2025-yilda o‘qishga kirganidan so‘ng o‘z ustida ishlashni boshlagan. U universitet tomonidan «Eng faol talaba» nomli tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

Barchin o‘zini rivojlantirish uchun doim ota-onasidan motivatsiya oladi. Uning hayotiy shiori: «Tirik ekansiz, taslim bo‘lmaguningizcha yutqazgan hisoblanmaysiz!» Bo‘sh vaqtida u ingliz tilini o‘rganadi hamda dunyoqarashini oshirish uchun podkast tinglaydi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun insonlar bilan muomala madaniyatini bilish, ularni tushuna olish va o‘z fikrlarini bildira olish muhim. Shuningdek, u boshqalar IT yoki zamonaviy kasblarni o‘rganishga e’tibor qaratishlari mumkin deb hisoblaydi.

Barchin kelajakda o‘qishni a’lo baholarga tugatishni, IELTSdan 8.5 ball olishni, ta’limini chet davlatda davom ettirishni va xalqaro toifadagi malakali shifokor bo‘lishni maqsad qilgan. U o‘zi xohlagan hayotga erishmagunicha doim o‘zining eng yaxshi versiyasini yaratishga intiladi.

«Kuchli inson hech qachon taslim bo‘lmaydi, deb o‘ylaysizmi?

Yo‘q.

U shunchaki yana bir marta urinib ko‘radi!»

Hoziroq ariza qoldirish