Baxshullayeva Ruxshona Rustam qizi

Baxshullayeva Ruxshona Rustam qizi
Baxshullayeva Ruxshona Rustam qizi
10 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Baxshullayeva Ruxshona Rustam qizi Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashaydi. U bugungi kunda Osiyo xalqaro universitetining 3-bosqich talabasi bo‘lib, filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishida tahsil oladi. Ta’lim darajasi — CEFR B2.

U ingliz tili faniga maktab davridan beri qiziqadi va hozirda ham uni o‘rganishda davom etmoqda. Ruxshona maktabni barcha fanlardan a’lo baholarga tugatgan. Osiyo xalqaro universitetida o‘tkaziladigan Language Quiz hamda Zakovat intellektual o‘yinlarida jamoasi bilan faxrli 1-o‘rinni egallagan. Shuningdek, u ingliz tilidan sertifikatga ega.

Uning hayotiga eng katta ta’sir qilgan voqealardan biri o‘qishga kirish jarayoni bo‘lgan. Bu davr unga hamma narsa har doim ham rejadagidek bo‘lmasligini, biroq to‘g‘ri yo‘lni topib, harakat qilish kerakligini o‘rgatgan. Uning shiori: «Jim mehnat qil. Shunday natijaga erishki, sen gapirmasang ham, natijalaring gapirsin».

Bo‘sh vaqtida Ruxshona kitob o‘qiydi, ingliz tilida yaratilgan kitoblarni tarjima qiladi va yangi bilimlar oladi. Uning eng ko‘p shug‘ullanadigan mashg‘uloti shirinliklar va yangicha taomlar tayyorlashdir.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish. U haqiqiy lider faqat boshqalarga topshiriq beradigan inson emas, balki xato qilsa uni tan oladigan, qiyinchilikda jamoasini tashlab ketmaydigan va o‘zi boshqalardan kutgan narsani avvalo o‘zi bajaradigan inson, deb hisoblaydi. U buni quyidagicha ifodalaydi: «Haqiqiy lider boshqalarga yo‘l ko‘rsatishdan oldin, o‘zi o‘sha yo‘ldan yuradi».

Ruxshonaning eng katta orzularidan biri kelajakda chet el mamlakatlariga sayohat qilish, turli xalqlarning madaniyati, urf-odatlari va hayot tarzini yaqindan o‘rganishdir. U yangi joylarni ko‘rish va dunyoqarashini kengaytirishga qiziqadi. Asosiy maqsadi esa o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lishdir. Buning uchun u hozirdanoq yaxshi ta’lim olish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘z ustida muntazam ishlashga harakat qiladi. Kelajakda o‘z kasbini sevib, undan faxrlanadigan va jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lishni xohlaydi.

Uning fikricha, boshqalar undan sabrli bo‘lishni, o‘ziga ishonishni va maqsad sari harakat qilishni o‘rganishlari mumkin. U har qanday vaziyatda taslim bo‘lmaslikka va o‘z ustida ishlashga harakat qiladi. Shuningdek, u inson o‘z orzusiga erishishi uchun faqat gapirish emas, amal qilish va natija ko‘rsatish kerak, deb hisoblaydi. U turmushga chiqqan va yaqinda farzandli bo‘ladi.

Hoziroq ariza qoldirish