Baxtiyorova Asaloy Shuhrat Qizi
Baxtiyorova Asaloy Shuhrat Qizi 2008-yil 18-sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida tug‘ilgan. Hozirda Yunusobod tumani, 11-mavzeda yashaydi. U bakalavr darajasida Jurnalistika Universitetida tahsil oladi. Uning yo‘nalishi — filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili.
U faoliyatini kitoblar o‘qish va lug‘atlar yodlash orqali boshlagan. CEFR B2 darajasiga hamda 3 ta milliy sertifikatga ega. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, sport bilan shug‘ullanadi va til o‘rganadi. Lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat deb mas’uliyatni hisoblaydi. Boshqalar undan qat’iyatlilik va shijoatkorlikni o‘rganishlari mumkin deb o‘ylaydi.
Uning hayotiy shiori: «O‘zingga ishongan kuning — eng katta g‘alabang boshlangan kun.» Kelajakda stipendiyalarga ega bo‘lish, turli xil loyihalar yaratish va, eng asosiysi, yetuk filolog bo‘lib yetishishni maqsad qilgan.
“Yoshlik — imkoniyatlar davri. Bugun qilgan harakatlaring ertangi hayotingni yaratadi. O‘zingga ishon, qo‘rqmasdan qadam tashla va orzularing sari intil — sening vaqting hozir.”
