Baxtiyorova Gulhayo Bahodir qizi
Baxtiyorova Gulhayo Bahodir qizi 2008-yil 13-yanvarda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tug‘ilgan va hozirda shu tumanda yashaydi. U Ohangaron tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida hamda Ohangaron shahridagi Qorako‘l ixtisoslashgan maktab-internatida tahsil olgan. Hozirda Chirchiq davlat pedagogika universiteti Turizm fakultetining Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi talabasi.
U 2025-o‘quv yilida grant asosida qabul qilinganini, hozirda 2-kurs talabasi ekanini bildirgan. Gulhayo xorijiy maqolalar muallifi, ingliz tilidan B2 darajasi sohibasi hamda volontyorlik jamoasining faol a’zosi.
Uning hayotiga katta maqsad qo‘yib, unga erishish yo‘lida duch kelgan qiyinchiliklar sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Bu jarayon unga mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish, vaqtini to‘g‘ri taqsimlash va qiyinchiliklar oldida taslim bo‘lmaslikni o‘rgatgan. U bo‘sh vaqtini o‘ziga investitsiya qilishga sarflashni yaxshi ko‘radi: xitoy va nemis tillarini o‘rganadi, kitob o‘qish orqali dunyoqarashini kengaytiradi, kompyuter savodxonligini rivojlantiradi hamda texnologiyalardan samarali foydalanishga intiladi.
Gulhayo ota-onasining faxri va ukalariga yaxshi o‘rnak bo‘la oladigan inson bo‘lishni maqsad qilgan. U dunyo bo‘ylab sayohat qilishni, turli madaniyatlar va hayot tarzlari bilan tanishishni, tanlagan kasbining haqiqiy professionali bo‘lishni hamda kamida 6 ta tilda erkin gaplasha olishni xohlaydi. Uning hayotiy prinsipi: «Men tayyor imkoniyatlarni kutmayman — o‘zim uchun imkoniyat yarataman».
