Baxtiyorova Gulnoza Ja'far Qizi
Baxtiyorova Gulnoza Ja'far qizi 24.12.2008-yilda Buxoro viloyati Jondor tumanidagi Ibn Sino MFY, Lolo qishlog‘ida tug‘ilgan. U ayni paytda shu hududda yashaydi. Gulnoza Jondor tumanidagi 36-maktabni tamomlagan va BuxDU Xorijiy tillar fakultetining 1-bosqich talabasi hisoblanadi. U xorijiy tillar sohasida, Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishida tahsil oladi. Faoliyatini 10-sinfdan boshlagan.
U 10-sinfda ona tili fanidan tumanda 3-o‘rin, viloyatda 2-o‘rinni egallagan. Ona tili fanidan A daraja, ingliz tilidan B2 CEFR darajasini olgan. 11-sinfda ona tili fanidan olimpiadada 1-o‘rinni egallagan, tarix fanidan C+, matematika fanidan C darajani olgan. Shuningdek, u 189 ball bilan BuxDUga grant asosida talabalikka tavsiya etilgan.
Gulnozaga ota-onasi, ularning beradigan motivatsiyasi va har doim unga ishonch bildirishlari katta ta’sir ko‘rsatgan. Uni shoira Zulfiya xonim ilhomlantiradi: Zulfiya xonimning matonati va ijodi uni doimo maqsadi sari intilishga, to‘xtab qolmaslikka undagan. U qiyinchiliklarni sabr bilan yengib o‘tishni o‘rgangan.
Bo‘sh vaqtida kitob mutolaa qilishni yoqtiradi. Kitoblar uning dunyoqarashini kengaytirib, yangi ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Qolaversa, u shashka o‘ynashni va yugurishni yoqtiradi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mas’uliyatli bo‘lish, boshqalarga o‘rnak va namuna ko‘rsatish, guruh hamda guruh a’zolarining rivojlanishi uchun namuna bo‘lish kerak. U boshqalar undan intizomni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi, chunki qisqa vaqt ichida, ammo qattiq o‘qib muvaffaqiyatga erishishni yoqtiradi.
Kelajakda bakalavrdan keyin magistraturada chet elda o‘qish va karyera qilishni yoki o‘quv markaz ochishni rejalashtiradi. O‘quv markaz ochishdan asosiy maqsadi — otasi yoki onasidan ayrilgan, yoxud moddiy qiyinchiliklar sababli o‘qiy olmaydigan, ammo o‘qishni xohlaydigan bolalarga bilim berish. Shuningdek, ota-onasini hajga va chet elga olib chiqishni xohlaydi, chunki ular uning o‘qishi uchun ancha narsadan voz kechishgan.
