Baxtiyorova Shahruza Doniyorovna
Baxtiyorova Shahruza Doniyorovna 13.11.2008-yilda Rossiyada tug‘ilgan. U hozirda Xorazm viloyati, Xiva shahrida yashaydi.
U Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining bakalavriat bosqichi 1-kursida filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishida tahsil oladi. Shahruza chet tillar ixlosmandi bo‘lib, ona tili va CEFR sertifikatlariga ega.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Shuningdek, boshqalar undan samimiylikni o‘rganishlari mumkinligini ta’kidlaydi.
Uning yoshlar uchun motivatsion fikri: «Har bir kun o‘zingiz uchun yangi imkoniyat. Taslim bo‘lmang, balki siz kutgan kun aynan oldindadir. Ishoning, har bir harakatingiz sizni orzularingizga tobora yaqinlashtirib boradi, chunki ba’zan eng katta orzularimizga olib boradigan yo‘l oddiygina bir qadamdan boshlanadi.»
