Bekmurodova Marhabo Dilmurod Qizi

Bekmurodova Marhabo Dilmurod Qizi
Bekmurodova Marhabo Dilmurod Qizi
23 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Bekmurodova Marhabo Dilmurod qizi 29.01.2007-yilda tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Guliston MFY, Katta qishloq qishlog‘i, 133-uyda yashaydi. Hozirda Qarshi davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili bakalavriat yo‘nalishida tahsil oladi.

Marhabo yoshligidan ona tili va adabiyoti faniga qiziqib kelgan. Ota-onasining e’tibori va yaratib bergan sharoiti tufayli 9-sinfdan tayyorlov kurslariga qatnagan. U filologiya sohasida ta’lim olishi bilan birga, kompyuter sohasiga ham qiziqadi va shu soha bilan shug‘ullanadi.

U ingliz tili bo‘yicha CEFR B2 milliy sertifikati sohibi. Maktabdagi turli tadbirlardagi faolligi uchun sertifikat va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Shuningdek, QarDU Yoshlar klubi a’zosi. Uning hayotiga Qarshi davlat universitetining professor-o‘qituvchilari hamda Nabiyev Mashrab ustoz ta’sir ko‘rsatgan. U O‘tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi» romanidan katta hayotiy taassurot olgan.

Marhaboning fikricha, lider bo‘lish uchun barcha o‘quvchilar bilan ishlash hamda qilgan ishlari orqali ustozlar va xalq e’tiborini tortish muhim. Boshqalar undan kompyuter sohasidagi turli ma’lumotlar hamda filologiyaga oid ma’lumotlarni o‘rganishlari mumkin.

U kelajakda F.F.D. hamda professor-o‘qituvchi bo‘lishni, yirik kadr bo‘lib yetishishni rejalashtiradi. Kitobxonlikka qiziqadigan Marhabo 19–24 yoshlar orasidagi kitobxon tanlovida ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Shuningdek, kompyuter sohasiga qiziqishi tufayli loyiha ishlab chiqmoqchi.

«Omad tinimsiz harakat qilganlarga boqadi, kuyganlarga emas.

Sukut saqlab ish qil, natijasi shov-shuvli bo‘lsin.»

Hoziroq ariza qoldirish