Bekmurodova Sarvinoz Oybek Qizi

Bekmurodova Sarvinoz Oybek Qizi
Bekmurodova Sarvinoz Oybek Qizi
28 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Bekmurodova Sarvinoz Oybek qizi 2007-yil 8-sentabrda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Yangihayot tumanida yashaydi.

Sarvinoz 68-umumiy o‘rta ta’lim maktabida hamda TDYU huzuridagi M. S. Vosiqova nomidagi akademik litseyda tahsil olgan. U 2025-yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilingan bo‘lib, hozirda universitetning yurisprudensiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

U Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining faollar jamoasida faoliyat yuritadi. Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M. S. Vosiqova nomidagi akademik litseyda tahsil olgan paytida “Litsey iftixori” stipendiyasi g‘olibasi bo‘lgan.

Sarvinozning hayotga bo‘lgan qarashlariga boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining “Yaxshi odam bo‘lishni yomon odamdan o‘rgan” degan so‘zlari ta’sir ko‘rsatgan. Uni to‘xtab qolmaslikka va oldinga intilishga undaydigan hayotiy prinsipi — “Hech qanday armonlarsiz umr sur”. U liderlik uchun eng muhim fazilat deb odamlarni tinglay bilishni hisoblaydi.

Bo‘sh vaqtida badiiy asarlar o‘qiydi va volontyorlik qilishni yaxshi ko‘radi. Boshqalar undan sabrli bo‘lishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Kelajakda yurtiga foyda keltiradigan va xalqining manfaatlarini o‘ylaydigan sudya bo‘lishni maqsad qilgan.

“O‘zingizni boshqalar bilan emas, kechagi o‘zingiz bilan solishtiring.

Kichik qadamlar ham katta orzular sari olib boradi.”

Hoziroq ariza qoldirish