Bekturdiyeva Marjona Shaydulla Qizi
Bekturdiyeva Marjona Shaydulla qizi 11.11.2008-yilda Xorazm viloyati, Xonqa tumanida tug‘ilgan va shu tumanda yashaydi. U Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 1-kurs talabasi bo‘lib, filologiya yo‘nalishida tahsil oladi.
Marjona bu yil 1-kurs talabasi sifatida o‘qishni davom ettirmoqda. Uning yutuqlari qatorida ona tili sertifikati va IELTS qayd etilgan. Hayotiga ingliz tili o‘qituvchisi ta’sir ko‘rsatgan. Uning hayotiy shiori: “O‘zgarish avvalo o‘zimizdan boshlanadi”.
U bo‘sh vaqtida pishiriqlar pishiradi, kitob o‘qishga alohida vaqt ajratadi. Marjona liderlik uchun eng muhim fazilat mas’uliyat deb hisoblaydi. Kelajakda yaxshi kadr bo‘lib, jamiyatga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan. U boshqalarga bir ishni oxirigacha yetkazish, ishonchli bo‘lish, qo‘rqmaslik va tavakkal qilish borasida o‘rnak bo‘lishni istaydi. Shuningdek, u o‘z ustida ishlab, yangi narsalardan tajriba orttiradi.
“Kelajak o‘z-o‘zidan yaratilmaydi. Uni bugungi bilimimiz, mehnatimiz va dadil qarorlarimiz bilan quramiz.”
