Berdimurodov Bahrom Komiljon O'g'li
Berdimurodov Bahrom Komiljon o‘g‘li 19.08.2008-yilda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Olmazor tumanida yashaydi. U 2015-yildan buyon tumanidagi 74-maktabda tahsil olgan, 2022–2024-yillar oralig‘ida Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘qigan hamda 2026-yilda 74-maktabni tamomlagan. Hozirda Toshkent davlat tibbiyot universitetida talaba sifatida tahsil olmoqda.
U sertifikatlarga tayyorgarlikni 8-sinfning dekabr oyidan boshlagan va 11-sinfning aprel oyigacha 189 ball hamda CEFR B2 sertifikatini qo‘lga kiritgan. 189 ball bilan TDTUning 1/6 talabasi bo‘lgan. Kimyo, biologiya, tarix, matematika va ona tilidan sertifikatlar olib, Toshkent davlat tibbiyot universitetiga muddatidan avval 189 ball bilan talaba bo‘lgan.
Bahromning ijodiy faoliyatida she’riyat muhim o‘rin tutadi. 2021-yilda tumanining “Kesh” gazetasida ilk she’ri bosilib chiqqan, oradan yarim yil o‘tib 2- va 3-she’rlari ham chop etilgan. Shu yili uning muallifligidagi “Orzum chechaklari” nomli ilk she’riy kitobi nashrdan chiqqan. 2022-yilda esa “Aytar so‘zlarim” nomli ikkinchi she’riy kitobi nashrdan chiqqan. Bo‘sh vaqtida she’r yozadi, turli she’riy tanlovlarda qatnashadi, shaxsiy rivojlanishga oid hamda til kurslarida muntazam shug‘ullanadi.
U 9-sinfdan buyon har yili tuman olimpiadalarida kimyo fanidan faxrli 1–3-o‘rinlarni olib keladi, viloyat miqyosida ham faxrli o‘rinlarni egallagan. Jumladan, 2024-yilgi International Chemistry Olimpiadasining saralashida ishtirok etgan. Ixtisoslashtirilgan maktabining “Zakovat” jamoasi bilan 2 yil ketma-ket viloyat bosqichida qatnashgan.
Otasining uning ta’lim olishi uchun qilgan sarmoyasi va mas’uliyati Bahrom uchun alohida motivatsiya bo‘lgan. U kitob olish kerakligini aytishi bilan otasining do‘konga ketishi uni ilhomlantirgan. Uning hayotiy prinsipi: “Orzu bu ishonchsizlarning xayoli, xolos, haqiqiy lider o‘z oldiga faqat maqsad qo‘yadi!” U lider bo‘lish uchun hammani tinglab bo‘lgandan so‘ng har tomonlama mukammal nuqta qo‘ya olish san’atini juda muhim deb biladi.
Kelajakda IELTS hamda Neims tilidan C1 sertifikatlarini qo‘lga kiritib, magistraturani Germaniyada davom ettirishni, tajriba to‘plab kelib, uni O‘zbekiston tibbiyotiga taqdim etishni rejalashtiradi. U o‘zidan boshqalar hayotga bo‘lgan qiziqish uchun yetarli motivatsiya olishlari, turli adabiyotlardan xabardorligi va falsafasidan o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Shoir tabiati sababli tabiatdagi har bir narsadan boshqalar ko‘ra olmagan narsani ko‘ra olishini o‘ylaydi.
