Berdiyorova Bahora

Berdiyorova Bahora Faxriddin qizi
Berdiyorova Bahora Faxriddin qizi
9 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Berdiyorova Bahora Faxriddin qizi 15.04.2006-yilda tug‘ilgan. U Samarqand viloyati, Payariq tumanida yashaydi. Samarqand davlat universitetining yuridik fakultetida oliy ta’lim olmoqda hamda yurisprudensiya sohasida tahsil oladi.

U faoliyatini 2024-yilda boshlagan. Bahora CEFR B2 darajasiga ega va «Munozara» intellektual loyihasining Samarqand viloyati g‘olibasi hisoblanadi. Bo‘sh vaqtida qo‘shimcha til o‘rganadi, amaliyot o‘taydi, debatlar va jamoaviy loyihalarda faol qatnashadi. Bu jarayonda u fikrini aniq bayon etish hamda muammolarga yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirib keladi.

Ilm olish va adolatni qaror toptirishga bo‘lgan qiziqishi uni doimiy izlanishga undaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar — qat’iyat va shaxsiy mas’uliyat. U boshqalar undan qat’iy intizom va mas’uliyat hissini o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

Bahora kelajakda yuridik sohada faoliyat ko‘rsatishni va xalqaro yurist darajasiga chiqishni maqsad qilgan. Uning hayotiy shiori: «Bugungi har bir qat’iy qaroringiz — ertangi buyuk g‘alabalaringizning boshlanishidir».

Hoziroq ariza qoldirish