Bobanazarova Gulira'no Nodirek Qizi

Bobanazarova Gulira'no Nodirbek Qizi
Bobanazarova Gulira'no Nodirbek Qizi
25 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Bobanazarova Gulira’no Nodirbek qizi 18.05.2008-yilda tug‘ilgan va Toshkent shahrida yashaydi. U 2024–2026-yillarda IIV Xorazm akademik litseyida tahsil olgan, 2026-yilda Toshkent davlat yuridik universitetida davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida tahsil olmoqda.

U faoliyatini 2024-yilda IIV Xorazm akademik litseyida tahsil olgan davridan boshlagan. Shu davrdan buyon turli tanlovlar, intellektual musobaqalar, jamoat tadbirlari va ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etib keladi. Hozirda TDYUda tahsil olish bilan birga universitetning turli loyihalari va jamoat faoliyatlariga ham o‘z hissasini qo‘shishga harakat qilmoqda.

Gulira’no IIV Xorazm akademik litseyini imtiyozli qizil diplom, kumush medal va serjant unvoni bilan tamomlagan. U “Zakovat” intellektual o‘yinining Xorazm viloyati bosqichida 2 marotaba 1-o‘rinni, respublika bosqichida esa 4-o‘rinni egallagan. Shuningdek, “Yosh kitobxon” tanlovida 1-o‘rinni egallagan. U ingliz tilidan B2, tarix fanidan A+, ona tilidan C+, rus tilidan C1 va turk tilidan B1 sertifikatlariga ega. IIV Xorazm viloyati boshlig‘i, IIV vaziri hamda IIV Akademiyasi rahbariyatining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan. Eko Fest va Halth Marathon kabi ijtimoiy tadbirlarda volontyor sifatida ishtirok etgan.

Uning hayotiga eng katta ta’sir qilgan insonlardan biri — otasi. Otasining mehnatsevarligi, mas’uliyatli bo‘lishi va har qanday vaziyatda oilasi uchun harakat qilishi unga katta o‘rnak bo‘lgan. Ayniqsa, otasining o‘qishi va kelajagi borasida doimo ishonch bildirgani uning o‘z ustida ko‘proq ishlashiga hamda qo‘ygan maqsadlariga jiddiy qarashiga sabab bo‘lgan. Uning hayotiy prinsipi: «Har bir katta natija kichik bir qadamdan boshlanadi, muhimi — shu qadamni tashlashdan qo‘rqmaslik.»

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, ingliz va rus tillarini rivojlantiradi, intellektual savollar ustida ishlaydi hamda o‘ziga foydali yangi bilimlarni o‘rganadi. Musiqa tinglash va yaqinlari bilan vaqt o‘tkazishni ham yaxshi ko‘radi. U yangi muhitga tez moslashish va yangi narsalarni o‘rganishga qiziqadi. Litsey davrida intellektual jamoa sardori sifatida jamoa bilan ishlash, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish hamda turli vaziyatlarda qaror qabul qilish tajribasini orttirgan. Stol tennisi va voleybolga qiziqadi, ushbu sport turlari bilan muntazam shug‘ullanadi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola bilish. Lider boshqalarga yo‘l ko‘rsatishi, kerakli paytda jamoasi bilan birga harakat qilishi va qarorlarining natijasiga javob bera olishi kerak. U boshqalar undan intizom, mas’uliyat va qiyinchiliklarda taslim bo‘lmaslikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Maqsadiga erishish uchun reja asosida harakat qilishga, boshlagan ishini oxiriga yetkazishga odatlangan hamda jamoada ishlash va boshqalarning fikrini hurmat qilishni muhim deb biladi.

Uning kelajakdagi asosiy maqsadlari — TDYUni qizil diplom bilan tamomlash, o‘qish davomida nomdor stipendiyalarga ega bo‘lish va xorijiy tillarini yuqori darajaga olib chiqish. Bakalavriatni tugatgach, Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida magistraturada tahsil olishni maqsad qilgan. Uzoq muddatda davlat boshqaruvi sohasida professional faoliyat yuritib, bilim va tajribasini mamlakat rivojiga foyda keltiradigan loyihalarda qo‘llashni istaydi.

«Har bir imkoniyatdan foydalaning va o‘z ustingizda doimo ishlang.

Maqsadingiz sari intilishdan hech qachon to‘xtamang, chunki mehnat albatta o‘z samarasini beradi.»

Hoziroq ariza qoldirish