Boliyev Hasan

Boliyev Hasan Yunus o‘g‘li
Boliyev Hasan Yunus o‘g‘li
16 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Boliyev Hasan Yunus o‘g‘li 2007-yil 21-mayda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan va hozirda shu tumanda istiqomat qiladi. U umumiy o‘rta ta’limni Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 24-sonli umumiy o‘rta maktabda olgan. Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetining yurisprudensiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.

Hasan faoliyatini maktab davrida turli sport musobaqalarida qatnashishdan boshlagan. Keyinchalik turli tadbirlar, tanlovlar va jamoaviy loyihalarda ishtirok etib, o‘z ustida ishlashga harakat qilgan. 2025-yilda yurisprudensiya sohasiga qiziqishi ortib, huquq fanidan 1 yil davomida Utopia Academyda tahsil olgan. 2026-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi bo‘lgan. U Multilevel B2 darajasiga ega hamda maktabdagi ijtimoiy faolligi uchun bir qancha diplomlarga sazovor bo‘lgan.

Unga ta’sir qilgan asosiy voqea 2025-yilda huquq sohasini jiddiy tanlagani bo‘lgan. U huquqshunoslikni shunchaki kasb sifatida emas, balki insonlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish imkoniyati sifatida ko‘radi. Bu jarayon uni ko‘proq izlanishga, faol va intizomli bo‘lishga undagan. Bunda ustozlari Ulug‘bek Choriyev va Hasan Raximovning hissasi katta.

Hasanning hayotiy prinsiplari — «Har kuni kechagidan ko‘ra yaxshiroq bo‘lish» va intizomni yo‘qotmaslikdir. U lider uchun eng muhim fazilat mas’uliyatlilik ekanini hisoblaydi, chunki mas’uliyatli inson boshqalarga ham o‘rnak bo‘la oladi. Uning fikricha, boshqalar undan maqsad sari intizom bilan harakat qilishni o‘rganishlari mumkin. U natija darhol chiqmasa ham, undan saboq olib, davom etishga harakat qiladi. Yangi bilimlarni izlash, imkoniyatlardan foydalanish va o‘z ustida doimiy ishlash u uchun muhim.

Bo‘sh vaqtida huquqiy va boshqa foydali kitoblarni o‘qiydi, yangi bilimlar izlaydi hamda sport bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, odamlarni kuzatish, ularning fikrlash tarzini tushunishga harakat qilish, psixologiya, inson xarakteri va muloqot mavzulari bilan qiziqadi. Yangi joylarni ko‘rish, noodatiy mavzular haqida ma’lumot izlash va ilgari bilmagan narsalarni o‘rganishni yoqtiradi.

Kelajakdagi rejalari orasida IELTSdan 7+ daraja olish, universitetdagi nomdor stipendiyalarni yutish hamda universitetda eng faol talabalar safidan joy olish bor.

Hoziroq ariza qoldirish