Boltayeva Shahriniso Oybek Qizi
Boltayeva Shahriniso Oybek qizi 2008-yil 8-martda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanida tug‘ilgan va hozirda Kasbi tumanida yashaydi. U Qarshi davlat universitetida filologiya sohasida tahsil oladi. Faoliyatini 5-sinfdan to‘garaklarga qatnashish orqali boshlagan. Olimpiadada yuqori o‘rin olgan.
Shahriniso “Yosh kitobxon” sovrindori, 4 ta sertifikat egasi hamda Qizlar akademiyasi a’zosi. Uning hayotiga ustozlari va ota-onasi ta’sir ko‘rsatgan. Bo‘sh vaqtida voleybol o‘ynash bilan shug‘ullanadi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — talabchanlik. Shahriniso kelajakda filologiya fanlari doktori bo‘lishni maqsad qilgan. U boshqalar undan liderlikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi va maqsadiga erishmay qo‘ymasligini ta’kidlaydi. Uning hayotiy shiori: «Kelajakni kutib o‘tirma — uni bugundan boshlab o‘zing yarat».
