Bositxonova Muslimaxon Oqilxon Qizi
Bositxonova Muslimaxon Oqilxon qizi 2008-yil 24-yanvarda Toshkent shahri, Yunusobod tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashaydi. U O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetining Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs talabasi. 2025/2026-o‘quv yilida universitetga qabul qilingan.
Muslimaxon ona tili va adabiyot fanidan 91 foizlik B darajadagi milliy sertifikat, ingliz tilidan esa B2 milliy sertifikatga ega. U 274-o‘rta maxsus ta’lim dargohini qizil attestat bilan tamomlagan. Ammasining xalqaro tarjimonlik darajasidagi sohalardagi faoliyati unda keng qamrovli sohaga qiziqish uyg‘otib, ingliz, fransuz va o‘zbek tillarini o‘rganishiga sabab bo‘lgan.
Uning hayotiy prinsiplaridan biri — o‘zini boshqalarning erishgan yutuqlari bilan emas, balki o‘zining o‘tmishdagi darajasi va hozirgi muvaffaqiyati bilan solishtirishdir. Bo‘sh vaqtida ilm yo‘lida muvaffaqiyatga erishgan insonlarning bosib o‘tgan yo‘llari va maslahatlarini tinglaydi, shirinliklar pishiradi hamda ulardan ilhomlanadi. Uning fikricha, liderlik jamiyatdagi insonlarni o‘z muvaffaqiyatiga ergashtirish va manfaatli bilim hamda tajribalarni ular bilan bo‘lishishni talab qiladi.
Kelajakda Muslimaxon mutaxassisligi bo‘yicha va undan tashqari diniy hamda dunyoviy bilimlarni mustahkam o‘rganib, ularni jamiyatga manfaatli tarzda yetkazishni, bu borada yangi loyihalar tayyorlashni rejalashtiradi. U tilshunoslikka qiziqish va ishtiyoq, intizomlilik, o‘ziga bergan va’daga vafodor bo‘lish hamda maqsad sari dadil qadam tashlashni ulashishni istaydi. Til o‘rganishga kuchli ishtiyoqmand bo‘lgan Muslimaxon o‘z qadriyatlarida muqim turadi, boshqalarning qadriyatlari va fikrlarini hurmat qiladi, intizom hamda davomiylikni muhim omil deb biladi.
