Botirova Munis Botir qizi

Botirova Munis Botir qizi
Botirova Munis Botir qizi
10 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Botirova Munis Botir qizi 16.11.2008-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan. Hozirda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashaydi. U maktabni bitirgan va hozirda Qarshi davlat universiteti Tibbiyot fakultetining 1-kurs talabasi sifatida tibbiyot sohasida tahsil oladi. U 2026-yil 7-sentyabrda o‘qishga 1-kursga qabul qilingan.

Munis Botirovaning biologiya, kimyo, tarix va ona tili fanlaridan milliy sertifikatlari mavjud. U olimpiadalarda ham o‘rin olgan. Shuningdek, u 1 yarim yil davomida 4 ta sertifikatni qo‘lga kiritgan. U 7 yil sportning badiiy gimnastika turi bilan shug‘ullanib, katta musobaqalarda, jumladan Grand Pri musobaqasida ham o‘rin olgan.

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun har taraflama kuchli bilimga ega bo‘lish kerak. U boshqalarga jamoat joyida o‘zini tutish va bilim borasida o‘rnak bo‘la olishiga ishonadi. Munis Botirova butun dunyo tan olgan shifokor bo‘lishni hamda O‘zbekistonga ilk bor Nobel mukofotini olib kelishni orzu qiladi. U hayotiga ta’sir qilgan shaxs yoki voqea yo‘qligini bildirgan.

Hoziroq ariza qoldirish