Boyqobilova Jasmina Alimardan Qizi
Boyqobilova Jasmina Alimardan qizi 28.11.2008-yilda Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidagi 5-sonli DXSH talabalar turar joyida yashaydi.
Jasmina o‘rta ta’limni Termiz Akademik litseyida olgan va hozirda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida oliy ta’lim olmoqda. U xorijiy til va adabiyot (nemis tili) yo‘nalishida tahsil oladi.
U ingliz tilidan B2 va ona tilidan B darajasiga ega. Raqs festivallarining respublika bosqichida ishtirok etgan, tuman bosqichlarida 1-o‘rin hamda viloyat bosqichlarida 3-o‘rinni egallagan.
Jasminaning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan insonlardan biri otasi va onasidir. Ularning mehnatsevarligi, qo‘llab-quvvatlashi va universitetdagi yangi muhitga moslashish davrida bergan maslahatlari unga kuch va motivatsiya bergan. U qiyinchiliklarga duch kelganida taslim bo‘lmaslikka hamda o‘z ustida ishlashga harakat qiladi.
Uni «Har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga harakat qil» shiori ilhomlantiradi. U bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, musiqa tinglaydi, yangi narsalarni o‘rganadi, do‘stlari bilan vaqt o‘tkazadi, sayr qiladi, sport bilan shug‘ullanadi va she’rlar yozadi. Shuningdek, ba’zida koreys dramalarini tomosha qiladi hamda turk yozuvchilarining romanlari va asarlarini o‘qishga qiziqadi.
Kelajakda u bakalavr bosqichini tugatgach, magistratura ta’limini chet elda davom ettirmoqchi. U styuardessa bo‘lishni, ko‘plab davlatlarga sayohat qilishni, bir nechta davlatda o‘z brendi ostida savdo markazlarini ochishni rejalashtirgan. Shuningdek, ota-onasiga bag‘ishlab she’riy to‘plam tuzish va keyinchalik universitet yoki o‘quv markazlarda dars berish uning maqsadlari qatoridan o‘rin olgan.
Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. U insonlarga motivatsiya berishni va muvaffaqiyatsizliklardan keyin qayta oyoqqa turishni o‘rganishlarini istaydi.
«Orzularining sari dadil qadam tashla, to‘xtama. Bugungi mehnating ertangi buyuk g‘alabangni yaratadi.»
