Bozorboyeva Sevara Ismoil Qizi

Bozorboyeva Sevara Ismoil Qizi
Bozorboyeva Sevara Ismoil Qizi
25 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Bozorboyeva Sevara Ismoil qizi 2008-yil 11-iyulda Xorazm viloyati Gurlan tumanida tug‘ilgan va hozirda shu tumanda yashaydi. U OZMMSI talabasi bo‘lib, turizm sohasida tahsil oladi. Faoliyatini sentabr oyidan qiziqishi orqali boshlagan.

Sevara O‘zbekiston Ichki ishlar akademik litseyini qizil diplom bilan tamomlagan. U Yunus Rajabiy nomidagi institutning 1-kurs talabasi ekani, shuningdek, Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga kirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgan. Bu maqsad ota-onasining ham orzusi hisoblanadi. Turizm sohasida ko‘proq “orgin” sohasiga qiziqqani sababli kelgusi yo‘nalishini o‘zgartirmoqchi.

U sport musobaqalarida qatnashib, respublika miqyosida faxrli 1-, 2- va 3-o‘rinlarni olgan. Qo‘l to‘pi va basketbol bo‘yicha ham musobaqalarda qatnashadi. Tarix, ona tili, ingliz tili va turk tilidan sertifikatlarga ega hamda ayni paytda huquq fanidan sertifikat olish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bo‘sh vaqtida asosan sport bilan shug‘ullanadi va kitob o‘qiydi. Kitob o‘qish hamda sport bilan shug‘ullanishni juda yaxshi ko‘radi. U bir ish yoki loyihani boshlasa, oxiriga yetkazmasdan qo‘ymaydi va o‘zini hamma sohada yaxshi ishlab keta oladi, deb hisoblaydi.

Uni doimo qo‘llab-quvvatlaydigan va yonida dastak bo‘ladigan ota-onasi kelajakdagi maqsadlariga erishishi uchun turtki bo‘lmoqda. U o‘zi xohlagan hayotda yashashni, ota-onasining qiynalmasdan yashashini, boshqa davlatlarga sayohat qilishni hamda kelgusida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabasi bo‘lishni maqsad qilgan.

Uning hayotiy prinsipi: “Qanchalik qiyin bo‘lmasin, yo‘limda uchragan har bir sinov meni to‘xtatmasin. Chunki har bir qiyinchilik ortida bir saboq, har bir sabr ortida esa orzu qilingan natija bor. Men to‘xtamayman, taslim bo‘lmayman — o‘z maqsadlarim sari dadil qadam tashlab, albatta ularga erishaman.”

Yoshlar uchun uning motivatsion fikri: “Orzularingiz katta bo‘lsa, yo‘lingizdagi qiyinchiliklardan qo‘rqmang. Ba’zan natija darhol kelmaydi, lekin har bir sabrli qadamingiz sizni maqsadingizga yaqinlashtiradi. Eng muhimi — hech kimga va hech qanday qiyinchilikka orzularingizdan voz kechishingizga yo‘l qo‘ymang. Bir kun kelib, “yaxshiyam o‘shanda taslim bo‘lmagan ekanman”, deydigan kuningiz albatta keladi.”

Hoziroq ariza qoldirish