Burxonov Elbek Erkin O'g'li

Burxonov Elbek Erkin O'g'li
Burxonov Elbek Erkin O'g'li
24 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Burxonov Elbek Erkin o‘g‘li 05.03.2008-yilda Navoiy viloyati Karmana tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrining Mirobod tumanida yashaydi. U Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tahsil olgan va hozirda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.

U faoliyatini maktab davridan boshlagan. Yoshligidan muntazam sport bilan shug‘ullanib kelgan: 2 yil milliy kurash, 3 yil qo‘l jangi sporti va futbol bilan shug‘ullangan. U 5-sinfdan Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 20-sonli “Turon Patriot” NTM harbiy-sport guruhida, 7-sinfdan esa Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘qishni boshlagan.

Elbek Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Turon Yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi sovrindori. Shuningdek, u Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual olimpiadasining 2 karra respublika bosqichi sovrindori.

Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan insonlar ota-onasi bo‘lib, ular uni doimiy qo‘llab-quvvatlab keladilar. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, o‘z ustida ishlaydi, musiqa va sport bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, doira kabi milliy cholg‘ularni chalish uning jon-u dili. U boshqalarga qat’iyatli bo‘lish, bo‘sh vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va zarbli cholg‘ular chalish borasida o‘rnak bo‘la olishini ta’kidlaydi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun vaziyatni to‘g‘ri tahlil qila olish, o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qilish va jamoani o‘z ortidan yetaklay bilish muhim. Kelajakda Vatan sha’niga yuksak e’tirof keltiradigan kasb egallashni, chet davlatlarga tashrif buyurib, tajriba va ko‘nikma orttirishni maqsad qilgan.

Uning hayotiy shiori: “Bugun bajarmasdan ertaga afsuslangandan ko‘ra, harakat qilib tajriba orttirgan yaxshi!”

“Vaqt hech qachon kutmagan, undan unumli foydalanish o‘z qo‘limizda. O‘z kelajagingni qurishni hozirdan boshla!”

Hoziroq ariza qoldirish