Burxonova Saodat Rustamjon qizi

Burxonova Saodat Rustamjon qizi
Burxonova Saodat Rustamjon qizi
18 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Burxonova Saodat Rustamjon qizi 1993-yil 27-iyulda Namangan viloyatining Chortoq tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Hozirda Namangan viloyati Chortoq tumanida yashaydi.

U 1999–2008-yillarda o‘rta maktabda tahsil olgan, 2011-yilda kasb-hunar kollejini imtiyozli tamomlagan. Chortoq tumanidagi 17-sonli maktabda 2014–2019-yillarda yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat olib borgan. 2024-yilda Namangan davlat pedagogika institutiga tavsiya etilgan va mazkur institut talabasi hisoblanadi. U ta’lim sohasida faoliyat yuritadi.

U faoliyatini yoshligidan, maktab davridan boshlagan. Axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega hamda ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirgan. Kelajakda rus va ingliz tillarini mukammal o‘rganish, magistraturada tahsil olish va bilimlarini yanada oshirishni maqsad qilgan.

U turli tadbirlarda, viloyat va oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan tanlov, tadbir va musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqda. 2024-yil 21-oktabrda Til bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» mavzusidagi insholar tanlovida faxrli 2-o‘rinni egallagan. 2024-yilda «Talabalar akademiyasi» tomonidan Usmon Nosir tavalludining 112-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan «Otashqalb shoir yodi» ma’naviy-ma’rifiy tadbiridagi faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan. Shu yili «Ezgulik» Respublika elektron gazetasida o‘z ijod namunalarini chop etishdagi ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2025-yil 17-aprelda «Sport — nafislik va salomatlik asosi» shiori ostida o‘tkazilgan «Gimnastrada-2025» festivalida «G‘olib jamoa» nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 2025-yilda «Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari» mavzusidagi insholar tanlovida faxrli 1-o‘rinni egallab, 1-darajali diplom hamda BHTning 6 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirilgan. Keyingi hudud bosqichida ham yaxshi natija ko‘rsatgan. «Kasbim — mening qadriyatım» mavzusidagi insholar tanlovida faol ishtirok etgani uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2026-yilda Pedagogika fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan «Navoiydan so‘z ochsam agar» tadbiridagi faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan. Namangan davlat pedagogika instituti va Namangan viloyati Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan «Mashrab ruhi barhayot» mushoira kechasidagi faol ishtiroki uchun ham tashakkurnoma olgan. «She’rlarga fon» nomli ijtimoiy-badiiy tanlovda o‘z ijod namunalari bilan qatnashib, diplom bilan taqdirlangan.

U o‘z she’rlarini «Ezgulik», «Begoyim», «Chortoq haqiqati», «Ezgu so‘z» gazetalari hamda ingliz jurnali «Raven cage zine»da ommaga havola etgan. 2024–2025–2026-o‘quv yili davomida nufuzli jurnallar va konferensiyalarda ko‘plab ilmiy maqolalar chop etgan.

Badiiy kitoblar o‘qish va she’r yozish uning qiziqishlari sirasiga kiradi. U she’rlari orqali o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari va hayotga bo‘lgan qarashlarini ifodalashga intiladi. Shuningdek, notiqlik qobiliyatini rivojlantirishga katta e’tibor beradi, fikrini ravon, aniq va ta’sirchan yetkazishni yaxshi ko‘radi. Samimiy, qalbi go‘zal insonlar hamda taniqli adib va shoirlar bilan uchrashuvlar uning hayotida alohida o‘rin tutadi.

Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxs — onasi. U o‘z kasbida yetuk mutaxassis bo‘lish, yangi imkoniyatlarni qo‘lga kiritish va jamiyatga foydali inson bo‘lishni eng katta maqsadi deb biladi.

Hoziroq ariza qoldirish