Choriyev Behruz Lochin O'g'li
Choriyev Behruz Lochin o‘g‘li 28.10.2006-yilda Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasi, 2-uyda yashaydi.
Uning ta’lim darajasi — tugallanmagan oliy. Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetida yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olmoqda. U Oltinsoy tumani Chep MFY 3-maktabida hamda Chirchiq shahar Chinor MFY 11-maktabida ta’lim olgan.
U advokaturada faoliyat boshlaganiga hali bir oy bo‘lgani yo‘q. Universitet doirasidagi ko‘plab tadbir va loyihalarda faol ishtirok etgan hamda ularning faoliyat yuritishiga o‘z hissasini qo‘shgan.
Bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi yoki hobbilari bilan mashg‘ul bo‘ladi. U qiziquvchan, kirishuvchan va tez moslashuvchan. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun hushmuomalalik, adolat, yetakchilik hamda boshqara olish muhim fazilatlardir. Shuningdek, boshqalar undan o‘zlariga kerak bo‘lgan barcha fazilatlarni olishlari mumkin deb hisoblaydi.
Uning hayotiy prinsipi: «Gapirishdan oldin o‘yla, o‘ylash uchun kitob o‘qi». Kelajakdagi maqsadi — yetuk kadr va o‘zi xohlagan kasb egasi bo‘lish.
