Choriyeva Asilaxon Alisher Qizi
Choriyeva Asilaxon Alisher qizi 2008-yil 19-aprelda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. U 1-sonli texnikumni bitirgan va hozirda Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishining 1-kurs talabasi.
Asilaxon ona tili va ingliz tilidan milliy sertifikatlarga ega hamda tuman bosqichidagi tanlovlarda ishtirok etgan. U rasm chizish tanlovlarida, shuningdek, «Zakovat» intellektual o‘yinida qatnashgan. Hozirda maqola chiqarish va Prezident stipendiyasiga erishish uchun harakat qilmoqda.
U bo‘sh vaqtida ingliz tilini chuqurroq o‘rganadi, boshqa tillarni o‘rganishga qiziqadi, badiiy adabiyot mutolaa qiladi va voleybol bilan shug‘ullanadi. Mashina haydashni juda yoqtiradi.
Uning hayotiy shiori: «Ilm — tafakkur qanoti, kitob — ma’rifat kaliti, tafakkur esa insonni yuksaltiruvchi kuchdir». Uning fikricha, liderlikning eng muhim fazilati har qanday vaziyatda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va ortidan ergashganlarga yo‘l ko‘rsatishdir. U haqiqiy yetakchi natija uchun shaxsan javob berishi hamda atrofdagilarni yuksak maqsadlar sari ilhomlantirishi kerak, deb hisoblaydi.
Kelajakda o‘z sohasining yetuk professori bo‘lishni, boshqa sohalarni ham o‘rganishni, chet davlatlarga sayohat qilishni hamda o‘z mamlakatini yanada rivojlantirish va yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.
