Dalila Imomkulova Obidjonovna

Dalila Imomkulova Obidjonovna
Dalila Imomkulova Obidjonovna
9 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Dalila Imomkulova Obidjonovna 17.08.2009-yilda tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida yashaydi va maktab o‘quvchisi.

U maktab o‘quvchisi bo‘lishi bilan birga faol volontyor, ESL ustozi hamda StartUp Ambassador sifatida faoliyat yuritadi. U faoliyatini 2026-yilning yanvar oyidan boshlab Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan BootCampda qatnashish orqali boshlagan.

Dalila IELTSdan 7.0 ball, Multilevel C1 va SAT natijasiga ega. Shuningdek, u Ibrat Debate loyihasida judge, Financopedia loyihasida ham judge sifatida ishtirok etgan.

Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan voqea eng yaqin insonlaridan birini yo‘qotgani bo‘lgan. Bu voqea unga umr juda qisqa ekani va uning har bir daqiqasidan unumli foydalanish zarurligini anglatgan. Uning hayotiy prinsipi: «Yo‘l seni qayerga boshlasa, o‘sha yo‘ldan boraverma. Yo‘l yo‘q joydan bor va ortingdan iz qoldir».

U bo‘sh vaqtida siyosiy va psixologik kitoblarni o‘qiydi, yugurish hamda hiking bilan shug‘ullanadi. Shu vaqtgacha Chimyon cho‘qqilarini zabt etgan.

Uning fikricha, liderlik uchun jamoa bilan faol ishlash, liderlik qilayotgan insonlarning muammolarini eshitish va barcha bilan ishlashda muvozanatni saqlay olish muhim. U o‘zidagi eng muhim fazilat sifatida moslashuvchanlikni qayd etadi: har qanday vaziyatda tushkunlikka tushmasdan, muammolarga yuzma-yuz bora olishni jasorat va matonat bilan bog‘laydi.

Kelajakda u Amerikaning nufuzli universitetida talaba bo‘lishni, so‘ng o‘z bilim va kuchi bilan vataniga qaytib, O‘zbekistonning rivojlanishiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan. U yangiliklarni sinab ko‘rishdan qo‘rqmaydi va yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z yo‘lini topish uchun bir qancha sohalarda o‘zini faol sinab ko‘rgan.

«Sinab ko‘rishdan qo‘rqmang. Balki aynan qo‘rqib turgan narsangiz sizni eng yaxshi imkoniyatga olib borar».

Hoziroq ariza qoldirish