Davlatova Charos Yusufovna

Davlatova Charos Yusufovna
Davlatova Charos Yusufovna
27 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Davlatova Charos Yusufovna 2008-yil 9-martda Toshkent shahri Mirobod tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Yangihayot tumanida yashaydi. U 2026-yilda Aluwedni tamomlagan hamda 2026-yildan Jamoat xavfsizligi universiteti Yurisprudensiya fakultetining 1-bosqichida tahsil oladi. Uning ingliz tili darajasi — B2.

U faoliyatini 2026-yildan boshlagan va ko‘plab yig‘ilish hamda tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda. “Zakovat” intellektual o‘yinlarida qatnashadi, kitobxonlik tadbirlarida ishtirok etgan. Shuningdek, Oliy Majlis tadbirlarida va parlament tadbirida ishtirok etgan.

Charos Yusufovnaning hayotiga, eng avvalo, otasi va onasi ta’sir qilgan. Universitet va litseydagi kursdoshlari ham uning o‘qishi hamda faolligiga juda katta ta’sir ko‘rsatgan. Uning hayotiy prinsipi: “Siyosat — faqat hokimiyat uchun kurash emas, jamiyat kelajagi uchun mas’uliyatdir.”

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, musiqa tinglaydi, naturmortlar chizadi, fransuz tili bilan shug‘ullanadi va ushbu tilga oid videolar yoki kinolarni tomosha qiladi. U fransuz tilini mukammal darajada o‘rganishni istaydi, bu maqsadini sekin-asta amalga oshirmoqda hamda ingliz tilidan C1 daraja sohibi bo‘lishni xohlaydi.

U joriy yilda “Yosh siyosat yetakchilari” saytiga a’zo bo‘lishni, siyosat to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lishni, yurtiga o‘z hissasini qo‘shishni, tillarni mukammal o‘rganishni hamda yetuk elchi va diplomat bo‘lishni maqsad qilgan. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun kuchli liderlik qobiliyati, yaxshi muomala va bilim zarur. Boshqalar undan bilim, muomala, birovni eshitish va uni tushunishni o‘rganishlari mumkin.

Hoziroq ariza qoldirish