Davletova Feruza Yodgorbekovna
Davletova Feruza Yodgorbekovna 2007-yil 30-dekabrda Xorazmda tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashaydi. U Toshkent davlat yuridik universitetining 1-kurs talabasi bo‘lib, yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil oladi. Faoliyatini 2026-yildan boshlagan.
U o‘zini yosh huquqshunos, liderlik qobiliyatiga ega, tashabbuskor va qiziquvchan inson sifatida ta’riflaydi. «Zakovat» intellektual o‘yinida 2 marta respublika miqyosida o‘rin olgan. IELTS, ona tili va tarix fanlari bo‘yicha sertifikatlarga ega. Ko‘p marotaba kichik tadbirlarda o‘rin olgan, kitobxonlik tanlovida qatnashgan va kitob o‘qishga juda qiziqadi.
Uning hayotiga o‘quv markazida huquq faniga tayyorlangan davri ta’sir ko‘rsatgan. Bu davrda ustozining qattiqqo‘l munosabatiga qaramay, u yutuqli o‘yinlar, testlar va blok testlarda ko‘p marotaba yuqori o‘rinlarni egallagan, o‘zini qo‘lga olib, harakatdan to‘xtamagan. U ustozining bunday munosabati uni yanada rivojlantirish va maqtovlar sabab to‘xtab qolmasligi uchun bo‘lgan, degan xulosaga kelgan. Nomzod mazkur tajriba uni bo‘lajak yurist sohasini tanlashga undaganini aytadi. Ustozidan maqsadga bor kuchi bilan harakat qilib erishishni va qo‘lidan hamma narsa kelishini o‘rgangan.
Uning hayotiy shiori: «Katta maqsadlar kichik qadamlar bilan boshlanadi.» Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi va yangi narsalarni sinab ko‘radi. Liderlik uchun eng muhim fazilat deb mas’uliyatni hisoblaydi. Boshqalar undan o‘z maqsadlari sari to‘xtab qolmay harakat qilishni va sabrlilikni o‘rganishlari mumkin.
Kelajakda universitetning exchange dasturi bo‘yicha chet elda bir semestr tahsil olishni, o‘sha yerda o‘rgangan va amaliyotda qo‘llagan bilimlarini rivojlantirib, malakali advokat bo‘lishni rejalashtiradi. U barcha sohalar bo‘yicha masalalarda fuqarolarga professional yordam bera olishni maqsad qilgan. Uning uchun kimnidir og‘ir ahvoldan eng yaxshi darajadagi cho‘qqiga olib chiqib, quvonchiga sababchi bo‘lish alohida tuyg‘udir. U yangi narsalarni tajriba qilib, sinab ko‘rishni xohlaydi va har doim zamon bilan hamnafas.
«Katta maqsadlar kichik qadamlar bilan boshlanadi.»
