Davronova Sugdiyona

Davronova Sugdiyona
Davronova Sugdiyona
22 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Davronova Sugdiyona Davlat qizi 2008-yil 5-avgustda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida tug‘ilgan. Hozirda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida istiqomat qiladi. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetida tahsil oladi. Shuningdek, 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim muassasasida tahsil olgan.

U faoliyatini 2026-yil 14-sentabrda boshlagan. Onlayn ustozlik qilib, 20 ga yaqin o‘quvchiga ta’lim beradi. Aksessuarlar yasashga, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqadi.

Sugdiyona Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga muddatidan oldin 189 ball bilan grant asosida o‘qishga qabul qilingan. Ingliz tili bo‘yicha B2, ona tili bo‘yicha A+, tarix bo‘yicha A va matematika bo‘yicha C ko‘rsatkichlariga ega. U «Zakovat» o‘yini sovrindori hamdir.

Hayotida otasining ishonchi katta ta’sir ko‘rsatgan. Uning hayotiy shiori: «Har bir qiyinchilik ortida albatta bir xayr bo‘ladi, muhimi, hech qachon to‘xtab qolmang.» U liderlikdagi eng muhim fazilat insonlarni to‘g‘ri tushuna bilish deb hisoblaydi. Boshqalar undan tartib-qoidaga rioya qilishni, o‘zini tuta bilishni, tanqidiy fikrlashni va muloqot madaniyatini o‘rganishlari mumkin.

Kelajakda u o‘zining shaxsiy o‘quv markazini ochishni hamda yetuk elchi bo‘lishni maqsad qilgan.

“Orzularingiz baland bo‘lsa, qadamingiz ham dadil bo‘lsin. Bugungi kichik harakatlar ertangi katta yutuqlarning boshlanishidir.”

Hoziroq ariza qoldirish