Dilfuza Xolmurzayeva Raximjon qizi
Dilfuza Xolmurzayeva Raximjon qizi 2009-yil 9-iyul kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan va shu tumanda yashaydi. U San’at maktabi bitiruvchisi hamda Yuqori maktab o‘quvchisi. Dilfuza 3 ta tilda suhbat qila oladi, ingliz tili bo‘yicha tahsil oladi va volontyorlik faoliyatini olib boradi.
U faoliyatini 13 yoshidan ijtimoiy tarmoqlar orqali boshlagan. San’atning dutor yo‘nalishi bo‘yicha respublikada 2-o‘rinni egallagan, Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofoti uchun saralash bosqichida tumanda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. U ingliz tili sertifikatiga, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega hamda “Steamyf” jamoasining rasmiy a’zosi hisoblanadi. Volontyorlik ishlarida, asosan, onlayn tarzda faol.
Dilfuza 3 ta cholg‘u asbobini chala oladi; bo‘sh vaqtida asosan dutor va gitara chaladi, rasm chizishni yoqtiradi. Uni san’atkor, rassom va tarjimon deb atash mumkin. Raqs uning hobbiysi bo‘lib, san’atni hayotining ikkinchi tomoni deb biladi. U suzish bo‘yicha mahalliy musobaqalarda qatnashgan, raqs bo‘yicha tumanda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Yoshligidan turli sohalarda o‘zini sinab ko‘rgan.
Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan insonlar ota-onasidir. Ular Dilfuzani doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Otasi bilan kechalari suhbat qurib, uning hayoti va qiyinchiliklarni yengib o‘tish tajribasi haqida tinglaydi. Dilfuzaning hayotiy prinsipi: “Agar inson nimanidir chin dildan niyat qilsa, butun koinot uni shu orzuga yetishtirishga yordam beradi. Shunchaki orzu qil, maqsad qo‘y va harakat qil.” Uning fikricha, liderlik tushunish, fikrni yetkazib bera olish, mas’uliyat va ishonchdir.
Dilfuzaning eng katta maqsadi chet elda o‘qish hamda ota-onasi bilan sayohat qilishdir. U xalqaro muhitda tahsil olishni, turli davlatlardan do‘stlar orttirishni va kelajakda chet elda o‘qib, boshqa yoshlar uchun ham shunday imkoniyatlar eshigini ochib berishni istaydi. U boshqalarga so‘z boyligini oshirish, cholg‘u asboblarini chalish va turli tillarda gapirishni o‘rgatish orqali yordam bera olishini ta’kidlaydi.
