Dilmurodova Shahrizoda Abdixalil Qizi

Dilmurodova Shahrizoda Abdixalil Qizi
Dilmurodova Shahrizoda Abdixalil Qizi
23 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Dilmurodova Shahrizoda Abdixalil qizi 2008-yil 23-aprelda tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Paxtazor mahallasida yashaydi. Qarshi davlat universitetida filologiya (o‘zbek tili) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichida tahsil oladi.

U faoliyatini 9-sinfdan boshlagan. Shahrizoda Qizlar akademiyasi a’zosi bo‘lib, CEFR B2 sertifikati egasi hisoblanadi. U ona tili fanidan milliy sertifikatning B+ darajasiga, tarix fanidan esa C+ darajasiga ega. Shuningdek, u bir nechta maqolalar va bir qancha she’rlar muallifi hamda xalqaro sertifikatlar sohibasidir.

Uning hayotiga ota-onasi katta ta’sir ko‘rsatgan, uni esa Abdulla Oripov she’rlari ilhomlantiradi. Bo‘sh vaqtida she’r yozadi, kitob mutolaa qiladi, turli tanlovlarda qatnashadi va qizlarga maslahatlar beradi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun sabr, mehnat, duo va harakat muhimdir.

Shahrizodaning kelajakdagi maqsadlari shoira bo‘lish, turli yutuqlarga erishish, Zulfiyaxonim mukofoti sohibasi bo‘lish, nomdor stipendiyalar nomzodi bo‘lish hamda yaxshi o‘qituvchi kadr bo‘lib yetishishdan iborat. U boshqalar undan tezkorlik, liderlik, tirishqoqlik, sabr va hech qachon to‘xtamay harakat qilishni o‘rganishlari mumkinligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, maqsad qilgan ishiga hech qachon erishmay qolmaydi.

“Yoshlik — kutish davri emas, o‘z kelajagingni qurish davri.”

Hoziroq ariza qoldirish