Dinara Mardonova

Dinara Mardonova
Dinara Mardonova
12 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Dinara Mardonova Shakarboy qizi 2009-yil 20-yanvarda Jizzax viloyati Zafarobod tumanida tug‘ilgan. U hozirda Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumani, Gagarin shahrida yashaydi.

Dinara JDPUning 1-kurs talabasi bo‘lib, Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi. U 2026-yilda maktabni barcha fanlardan 5 bahoga bitirib, shu yili JDPUga o‘qishga kirgan.

U ingliz tilidan 0 dan 9 oyda B2 sertifikatiga erishgan. Ona tilidan B+ sertifikatiga 3 oy davomida tayyorlangan. Maktabda zakovat, huquq, ekologiya va insho tadbirlarida qatnashgan hamda “Eng a’lochi o‘quvchi 2025” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan. Hozirda volontyorlik tadbirlari va bir nechta universitet tadbirlarida faol qatnashishni boshlagan.

Uning hayoti va ta’limida ota-onasining, ayniqsa onasi Muqaddasning roli katta. Onasi tikuvchi bo‘lib, uning ilm olishi uchun katta yo‘l ochgan va farzandlaridan katta umid qilgan. Ingliz tili o‘qituvchisi Durdona teacher, ona tili ustozasi Gavhar ustoz hamda qo‘llab-quvvatlagan qarindoshlari ham unga katta ta’sir ko‘rsatgan. Maktab direktori sertifikat olgani uchun uni rag‘batlantirgan.

Bo‘sh vaqtida til o‘rganish, kitob o‘qish va sport bilan shug‘ullanishni yoqtiradi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar mas’uliyat va samimiylikdir. U kelajakda o‘z sohasi mutaxassisi bo‘lish, sayohat qilish, o‘z karyerasini yaratish, oilasiga munosib farzand bo‘lish va o‘zi istagan baxtli hayotga erishishni maqsad qilgan. Shuningdek, xalqaro pedagog va tarjimon bo‘lishni, magistraturani chet elda o‘qishni xohlaydi.

Uning hayotiy prinsipi: “Bugun kechagidan yaxshiroq bo‘lishga harakat qiling, ertangi kuningiz bugungi harakatingizga bog‘liq. Hayotda baxtli bo‘lish uchun ko‘p narsa kerak emas: yoningizda qadrlaydigan insonlaringiz, qalbingizda xotirjamlik va hayotingizda ma’no bo‘lsa kifoya.”

Har qanday qiyinchilikda ham o‘z maqsadingiz sari ishonch bilan harakat qiling.

Ilm oling, yaqinlaringizni qadrlang va har kuni o‘zingizni rivojlantiring.

Hoziroq ariza qoldirish