Djamolova Dono Jamshid Qizi
Djamolova Dono Jamshid qizi 2008-yil 21-mayda tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashaydi. 2025-yilda o‘qishga kirgan va Toshkent shahar yuridik universitetining bakalavr bosqichida yuridik sohada tahsil oladi.
Dono hozirgacha 2 ta maqola yozib, chop ettirgan. Uning maqolalari sun’iy intellekt hamda oiladagi muammolarga huquqiy yechim mavzulariga oid. Universitetga kirishidan oldingi 5 oyda 4 ta sertifikat olgan. Shu 5 oy davomida huquq fanidan tayyorlanib, maksimal harakat qilgan.
Bo‘sh vaqtida u kutubxonaga borib, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradi, yangi joylar hamda narsalarni o‘rganadi. Uning hayotiy prinsipi: «Harakat mas’uliyat bilan amalga oshadi». U lider bo‘lish avvalo o‘zidan boshlanishi kerak, deb hisoblaydi hamda tinglash va mas’uliyatni muhim fazilatlar deb biladi. Hozircha o‘zini rivojlantirmoqda; uning fikricha, boshqalar undan o‘z vaqtida ish tutish, mas’uliyatli bo‘lish va to‘g‘riso‘zlikni o‘rganishlari mumkin. Hayotiga ta’sir qilgan alohida shaxs yoki voqea yo‘qligini bildirgan.
Kelajakda o‘qishni bitirguncha 4 ta til — ingliz, rus, koreys va ispan tillarini o‘rganishni rejalashtirgan. Uning yoshlar uchun fikri: «Doim izlanish va o‘qish kerak. Vaqt suvdek o‘tayotgan vaqtda umrni zoye ketkazmaslik lozim».
