Doniyorova Muxlisa Jahongir qizi
Doniyorova Muxlisa Jahongir qizi 12.11.2006-yilda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. U hozirda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashaydi.
U O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi. Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili fakultetida tahsil oladi. Bundan tashqari, IT sohasida ham o‘qiydi va ingliz tili bo‘yicha tarjimonlik qiladi. U 2024-yilning sentyabr oyida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining filologiya fakultetiga qabul qilingan. O‘qishni ilk boshlaganida turk tili sohasini o‘rganish va unga moslashishda qiynalgan bo‘lsa-da, keyinchalik bu sohaga kirgani hayotidagi eng yaxshi qarorlardan biri ekanini anglagan.
Muxlisa IELTS imtihonidan 6.0 ball olgan, turk tilidan B2 sertifikatini qo‘lga kiritgan hamda universitetda 50% grant sohibasi bo‘lgan. Shuningdek, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha ko‘plab faxrli o‘rinlarni egallagan.
Uning hayotida muhim ahamiyatga ega inson, kumiri Muhammadali Eshonqulovdir. U yoshligidan unga o‘xshashni xohlagan. Muxlisa 9-sinfda Muhammad Eshonqulov tomonidan tashkil etilgan “Yuksalish” maktabida 3 oy davomida o‘qigan. Bu davrda u inson hayotidagi eng muhim missiyalardan biri ilm o‘rganish ekanini anglagan.
U bo‘sh vaqtida badiiy kitoblar, din va psixologiya mavzularidagi ilmiy kitoblar hamda romanlarni o‘qiydi. Muntazam yoga bilan shug‘ullanadi, shuningdek, stol tennisi, shaxmat va voleybol kabi sport turlari bilan tez-tez shug‘ullanishga harakat qiladi. U hozirgi kunda ingliz, rus, turk va o‘zbek tillarida erkin gaplasha oladi.
Uning hayotiy prinsipi: “Orzularing katta bo‘lsa, ilming, harakating ham katta bo‘lishi kerak”. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun inson, avvalo, o‘z mas’uliyatini zimmasiga olishi va atrofdagilarga yordam berish eng muhim fazilatlardan biri ekanini anglashi kerak. U boshqalar undan yangi narsalar va madaniyatlarga bo‘lgan kuchli qiziqish, bilimga intilish hamda boshlangan ishni oxirigacha jiddiy jahd bilan yakunlashni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.
Kelajakda u eng yaxshi tarjimon va delegat bo‘lishni, hatto prezidentlar o‘rtasida tarjimonlik qilishni xohlaydi. Shuningdek, chet el universitetlarida o‘z sohasi bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida magistraturada o‘qishni rejalashtiradi. Til o‘rganishga qiziqishi sababli arab, fransuz va xitoy tillarini o‘rganmoqchi.
