Dovudxonova Muslima
Dovudxonova Muslima Sobirxon qizi 2007.01.09 kuni Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashaydi.
U turk tilini biladi, arab tilidan madrasada tahsil olgan. Hozirda Chirchiq davlat pedagogika universitetining Rus filologiyasi fakultetida tahsil oladi. Muslima tillarni o‘rganishga qiziqadi. U 2-sinfdanoq rus tili mashg‘ulotlariga qatnay boshlagan, keyinchalik ingliz tiliga qiziqish bildirgan va B1 darajasiga ega bo‘lgan. Shuningdek, biologiyaga qiziqqan hamda hamshiralik bo‘yicha ham ma’lumotga ega.
U dastlab Samarqand viloyati, Paxtachi tumanidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan. 9-sinfdan keyin Toshkent shahridagi 248-maktabda o‘qigan. Muslima 2-kursligidan o‘quv markazida ishlay boshlagan. Hozirda qo‘shimcha ustoz sifatida «Royal Edicushin» o‘quv markazida rus tilidan dars beradi.
Muslima maktablararo «Zulfiyaxonim qizlari» qatorida bo‘lgan. U she’r va hikoyalar yozishga qiziqadi. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, tillarni o‘rganadi va pianino chalishga qiziqadi.
U dadasining nomini ulug‘vor qilishga harakat qiladi. Onasi va bobosi yaratib berayotgan imkoniyatlar hamda buvisining duolaridan ilhom oladi. Onasini hayotida erishayotgan va erishib kelayotgan barcha muvaffaqiyatlar sohibasi, deb hisoblaydi.
Muslima doim ilg‘orlar qatorida bo‘lishga harakat qiladi. U o‘zgalarning u haqidagi fikri va xulosalariga qiziqmaydi hamda boshqalarga o‘xshashga harakat qilmaydi. Har qanday vaziyatda qaror qabul qilishdan qo‘rqmaydi va hamma bilan hamjihat ishlashni ustuvor deb biladi. U boshqalarga qaror qabul qilishdan qo‘rqmaslikni va har qanday vaziyatda tik turishni o‘rgata oladi. Odamlar bilan tez til topishadi, hammaga nisbatan ochiqko‘ngil bo‘lib, har kimni tinglay oladi va dalda berishni yaxshi uddalaydi.
Kelajakda u o‘z sohasida eng yaxshilar qatorida bo‘lishni hamda Prezidentimiz yaratib bergan barcha imkoniyatlardan foydalangan holda Ta’lim vazirligida yuqori sohalarda ishlashni maqsad qilgan. Shuningdek, Prezidentimiz va vataniga foyda keltirishni, ularning nomini yuksaklarga ko‘rsatishni istaydi. U Tanzila Narbayiva kabi ayollar qatorida yurishni orzu qiladi.
«Har bir yosh o‘z orzulariga ishonib, bilim va mehnat orqali katta yutuqlarga erishishi mumkin. Kelajagimizni bugundan boshlab yaratamiz, shuning uchun doimo intilib, o‘z ustimizda ishlashimiz kerak.»
