Dovudxonova Xonzodabegim
Dovudxonova Xonzodabegim Sobirjon qizi 2008-yil 5-dekabrda tug‘ilgan. U Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashaydi va asli samarqandlik. Otasi 2022-yilda vafot etgan.
U 2022–2026-yillar oralig‘ida ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil olgan. Hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro iqtisodiyot va menejment sohasi 1-bosqich talabasi.
Xonzodabegim faoliyatini 2022-yilda milliy sertifikatlarga tayyorgarlik ko‘rish orqali boshlagan. Hozirda u 4 ta fandan sertifikatga ega: matematikadan A daraja, ingliz tilidan B2, tarixdan B+ va ona tilidan C+. Shuningdek, u Initial Groupsning kichik a’zosi.
Uning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan inson — ingliz tili ustozi Ergasheva Gulshoda. Ustoz unga ko‘plab yutuqlarga erishishda yordam bergan va har doim to‘g‘ri maslahatlar bergan.
U bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi, ayniqsa tennis o‘ynaydi. Shuningdek, turli xil badiiy kitoblarni o‘qiydi. U o‘zida liderlik qobiliyati va intizom kuchli ekanini ta’kidlaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish mas’uliyatni hammadan ham kuchli his qilish, hamma bilan yaxshi chiqisha olish, jasoratli bo‘lish va qarorlarni yaxshilab o‘ylab qabul qilishdir.
Uning kelajakdagi orzularidan biri Oxford Universityda talaba bo‘lish va BMT tashkilotida faoliyat yuritishdir. Bundan tashqari, u ko‘plab mamlakatlarga sayohat qilish hamda O‘zbekistonning yuksalishiga yosh avlod vakili sifatida hissa qo‘shishni istaydi.
Uning hayotiy shiori: “Katta orzular tinchsiz tunlardan boshlanadi.” Uning fikricha, sukunatdagi mehnat kelajakdagi aks-sado poydevoridir.
“Izlanishdan to‘xtagan kuningiz — rivojlanishdan to‘xtagan kuningizdir. Bilimga bo‘lgan chanqoqlikgina insonni oddiylikdan buyuklikka olib chiqadi.”
