Egamberdiyeva Vazira Vahob Qizi
Egamberdiyeva Vazira Vahob qizi 05.09.2008-yilda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Paxtazor MFYda tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida yashaydi.
Vazira Shahrisabz davlat pedagogika institutining 1-bosqich talabasi bo‘lib, davlat granti asosida tahsil oladi. U rus tili bo‘yicha Milliy sertifikatni C darajada olgan. Shuningdek, tarix fanidan C darajaga ega.
U bo‘sh vaqtida kitob o‘qish bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — doimo oldinga intilish va vaqtni besamara o‘tkazib qo‘ymaslik. U doimo yaxshilik sari intiladi, hech qachon ortga nazar tashlamaydi va doimo harakat qiladi.
Uning hayotiy prinsipi: «Bugun — mening imkoniyatim. Ertaga — mening natijam». U har bir katta yutuq kichik bir qadamdan boshlanishiga ishonadi. Kelajakda magistraturaga kirish, mashina olish va biznes qilishni rejalashtirgan.
