Egamova Maftuna Jasurbek Qizi

Egamova Maftuna Jasurbek Qizi
Egamova Maftuna Jasurbek Qizi
22 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Egamova Maftuna Jasurbek qizi 17.01.2008-yilda tug‘ilgan. U Xorazm viloyatining Xiva tumanida yashaydi. Maftuna Urganch davlat universitetining Xorijiy filologiya fakultetida Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.

Uning liderlik faoliyati maktab yillaridan boshlangan: 1-sinfdan 9-sinfgacha sinf sardori, 9-sinfdan 10-sinfgacha “Ta’lim yo‘nalishi” sardori, 10- va 11-sinflarda esa maktab sardori bo‘lgan. Hozirda u Xorijiy filologiya fakultetining “Lider qizlar” klubi raisi.

Maftuna maktab davrida Xiva tumanida maktablararo o‘tkazilgan “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Xiva tumanida maktablararo o‘tkazilgan “Turon teatr”da jamoa sardori sifatida jamoasi bilan 3-o‘rinni egallagan. U 1 yil davomida 4 ta fandan yuqori natija bilan sertifikat olgan va muddatidan oldin 189 ball bilan O‘zbekistondagi barcha universitetlarning filologiya ingliz tili yo‘nalishiga grant asosida talaba bo‘lgan.

Saida Mirziyoyevaning kuchli xarakteri, qarashlari va muvaffaqiyatlari Maftunaga doimo o‘z ustida ishlashga turtki bo‘ladi. Uning hayotiy prinsipi — har kuni o‘zini kechagidan yaxshiroq qilishga intilish, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik va orzulari sari ishonch bilan harakat qilishdir.

Bo‘sh vaqtida u kitob o‘qiydi, musiqa tinglaydi, do‘stlari bilan vaqt o‘tkazadi, yangi narsalarni o‘rganadi hamda turk tilini o‘rganmoqda. U ijodkorlikni yaxshi ko‘radi, she’rni ifodali o‘qishni mashq qiladi va foydali mashg‘ulotlar orqali o‘z ustida ishlashni yoqtiradi.

Maftuna kelajakda IELTS olishni, turk va fransuz tillarini o‘rganishni, yaxshi kasb egallab o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishishni rejalashtiradi. Uning eng katta maqsadi — orzulariga mehnat va sabr orqali erishib, jamiyatga foydali inson bo‘lish. U liderlikda mas’uliyatni eng muhim fazilat deb biladi: uning fikricha, haqiqiy lider o‘zi namuna bo‘ladi, jamoani qo‘llab-quvvatlaydi, to‘g‘ri qaror qabul qiladi va jamoasini o‘ziga ergashtira oladi.

Hoziroq ariza qoldirish