Ergashaliyeva Fotima Rahmonjon Qizi

Ergashaliyeva Fotima Rahmonjon Qizi
Ergashaliyeva Fotima Rahmonjon Qizi
27 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ergashaliyeva Fotima Rahmonjon qizi 2007-yil 25-iyulda Namangan shahrida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi.

U Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil oladi hamda ingliz tili bo‘yicha tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishida o‘qiydi. Hozirda 2-kurs talabasi. Faoliyatini 2 yil oldin boshlagan.

Fotima ingliz tili bo‘yicha B2, ona tili bo‘yicha B+ darajasiga ega. U o‘zini kitobxon sifatida ham ta’riflaydi. Bo‘sh vaqtida tennis va futbol o‘ynaydi, kitob o‘qiydi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni bo‘yniga olish. U shunday deydi: “Haqiqiy lider boshqalardan oldinda yuradigan emas, boshqalarga ham oldinga yurish uchun kuch beradigan insondir.” Uning hayotiy prinsipi: “Bugungi qiyinchiliklar seni to‘xtatish uchun emas, ertangi kuchli insonni yaratish uchun berilgan.”

Fotimaning kelajakdagi rejalari chet elda o‘qish va buyuk tarjimon bo‘lishdan iborat. U o‘zbek adabiyotini ingliz tiliga tarjima qilish orqali o‘zbek adabiyotini dunyoga tanitishni maqsad qilgan. U boshqalar undan ijodkorlik va shijoatni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

“O‘zingizga ishoning, chunki katta orzular jasoratli qadamdan boshlanadi. Har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intiling va hech qachon taslim bo‘lmang.”

Hoziroq ariza qoldirish